Kontent qismiga oʻtish

Ibn al-faradi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibnul Faraziy -nomi bilan mashhur bo‘lgan Abul-Valid Abdulloh ibn Muhammad ibn Yusuf ibn Nasr ibnul Faraziy al-Azdiy al-Qurtubiy, (21-dekabr, 962-yil – 20-aprel, 1013-yil) andalusiyalik tarixchi boʻlib, asosan oʻzining Andalus ulamolari haqidagi “Tarix ulamo al-Andalus” asari bilan tanilgan. U faqih va muhaddis edi.

Ibnul Faraziy diniy ilmlar boʻyicha oʻqishni ona shahri Kordovada boshlagan va Toledo, Ecija va Madina-Sidoniyada tahsilini davom ettirgan. Uning ko‘plab taniqli ustozlari orasida Ibn Avnulloh (vaf. 988), Abu Abdulloh ibn Mufarrij (vaf. 990), Abdulloh ibn Qosim Sag’riy (vaf. 993) va Abu Zakariya ibn Oiz (vaf. 985) bor edi . 990-yillar boshida u Sharqqa sayohat qilib, Qayravon, Qohira, Makka va Madinada oʻqishni davom ettiradi. Andalusga qaytib kelganida, Ibnul Faraziy Valensiyaga qozi etib tayinlanadi. Uning bir qancha shogirdlari bo‘lgan. Ibn Hayyon, Ibn Abdulbarr va Ibn Hazm shular jumlasidan. Ibnul Faraziy 1013-yil 20-aprelda fitna davrida Kordovada o‘ldirilgan. [1][2][3][4][5][6][7][8] [9] [10] [11] [12] [13]

  • Puente, Cristina de la „Works on Christian-Muslim relations 900-1050: Ibn al-Faraḍī“, . Christian-Muslim Relations. A Bibliographical History. Volume 2 (900-1050). BRILL, 2010. ISBN 978-9004216181. 
  1. Muhammad Hakim Termiziy. Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965;
  2. Xujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974.
  3. T.N; Muhyiddin ibn Аrabiy. Аl Futuhot al-Makkiyya. - Misr, 1911;
  4. Аnqo mugʼrib fi xatm al-avliyo va shams al-magʼrib. - Bayrut, 2009;
  5. Devon Ibn Аrabiy. - Bayrut, 1996;
  6. Аbdurazzoq Koshoniy. Istilohat as-sufiyya. - Qohira, 1992; Аbdulkarim Jiliy. al Isfar an risalat al-anvar. - Bayrut, 2004;
  7. Muhammad Аbdurauf Manoviy. at Taorif. - Bayrut-Damashq, 1990;
  8. Jaloliddin Suyutiy. al-Hoviy fi-l-fatovo. T.2.- Bayrut, 1982;
  9. Salohiddin Sofadiy. Vafiy bi-l-vafayat. - Qohira, 2000;
  10. Аhmad Kumushxonaviy Naqshbandiy. Jomiʼ al-usul fi-l-avliyo va anvoihim. - Misr, 1880;
  11. Muhammad Sodiq M.Yu. Tasavvuf haqida tasavvur. - Toshkent, 2004;
  12. Аli (Mishelь) Chadkievich. al-Valaya va-n-nubuvva inda ash-shayx al-akbar Muhyidtsin ibn Аrabiy.- Marokash, 1999; 5aNN f y . Nak1Sh T1gpgp21 ue (azauuiG ap1au151. 1p5ap uau1p1ap. - 1$ipЬi1,2008;
  13. Bahouddin Naqshband Buxoriy (nashrga tayyorlovchi va izoxdar muallifi Yoʼldosh Eshbek). - Qarshi, 2010.