Kontent qismiga oʻtish

I Need Romance 3

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
I Need Romance 3
Janri Romantika
Komediya
Drama
Rejissyor Jang Young-woo
Ssenariynavis(lar) Jung Hyun-jung
Rollarda Kim So-yeon
Sung Joon
Namkoong Min
Wang Ji-won
Park Hyo-joo
Yoon Seung-ah
Park Yu-hwan
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Til koreyscha
Qismlar soni 16
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Kim Young-kyu
Prodyuser(lar) Jo Moon-joo
Jung Se-ryung
Studiya(lar) JS Pictures
Efirga uzatilishi
Telekanal tvN
Translyatsiya davri 13-yanvar, 2014-yil(2014-01-13) — 4-mart, 2014-yil(2014-03-04)
Tarixi
Oʻxshash koʻrsatuv(lar) I Need Romance
I Need Romance 2012

I Need Romance 3 (koreyscha: 로맨스가 필요해 3) — Kim So-yeon, Sung Joon, Namkoong Min, Wang Ji-won, Park Hyo-joo, Yoon Seung-ah vaPark Yu-hwan bosh rollarni ijro etgan 2014-yilgi Janubiy Koreya teleseriali. Serial tvN kanalida 2014-yil 13-yanvardan 4-martgacha, dushanba va seshanba kunlari soat 22:00 da (Koreya vaqti bilan) efirga uzatilgan va umumiy 16 qismni tashkil etgan.

Bu serial tvN telekanalining „I Need Romance“ va „I Need Romance 2012“ romantik komediya franshizalarining mashhur boʻlib ketganligidan keyn chiqargan uchinchi seriali boʻldi. Oʻzidan oldingilari singari ushbu serial ham oʻttiz yoshlardagi uch xil martabali ayolning doʻstligi, ish joyidagi raqobati va sevgi hayotini real tarzda tasvirlaydi[1].

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

33 yoshli Shin Joo-Yon uy xarid qilish kanali kompaniyasining moda marketingi boʻlimida direktor boʻlib faoliyat yuritadi. U ushbu kompaniyada muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz qattiq mehnat qiladi. Ishqiy munosabatlar sohasida son-sanoqsiz muvaffaqiyatsizliklardan keyin esa haqiqiy sevgi gʻoyasidan deyarli voz kechadi. Keyinchalik esa u ikki erkak bilan sevgi uchburchagiga aralashib qoladi.

Jou Van 26 yoshli qoʻshiqchi va begʻaraz inson boʻlib, oʻn yetti yil chet elda yashab, Koreyaga qaytib kelgan edi. Jou Van 9 yoshiga qadar onasining dugonasi qoʻlida tarbiyalanadi. Onasining dugonasini Shin Ju Yon ismli qizi bor edi. Bolaligida onasi band boʻlganida u Shin Ju Yon bilan oʻynaganini eslaydi. Shu bilan birga, u oʻzining choʻmilish va oʻynash vaqti, oyoq kiyimini bogʻlashni oʻrgangani haqidagi xotiralarni ham eslaydi. Koreyaga qaytib kelgandan soʻng, u Joo-Yonga yordam berishga harakat qiladi[2].

Kang Tae Yun esa Ju Yonning hamkasbi va ustozi edi. U oʻz maqsadlariga erishish uchun hamma narsani qiladigan ishchan perfektsionist ayol edi. U juda nazokatli ayol boʻlgan, ammo soʻnggi sevgilisi tashlab ketganidan soʻng u sevgiga rostdan ham ishonmay qoʻygan boʻladi.

Oh Se-ryung modelga aylangan stilist boʻlib, u Joo-Yonning ishdagi doimiy raqibi hisoblanadi. U halol va har doim oʻz his-tuygʻulariga sodiqdir. Se-ryungning maktab davridan beri u bilan ishqiy munosabatda boʻlishni xohlab yurgan yigitlar koʻp boʻlsa-da, u Tae-Yun sevib qolgan boʻladi. Se-ryung uning muhabbatiga erishish uchun hamma narsaga tayyor boʻladi.

Li Min-jung, Jung Xe-Je va Li Vu-young Joo-Yonning eng yaxshi doʻstlari va kasbdoshlari boʻlishadi. Xe-Jening uzoq yillik sevgilisi davlat xizmati boʻyicha tahsil olar edi, ammo uning oʻz kelajagi uchun qaygʻurishi va xasisligi ularning munosabatlariga taʼsir qila boshlaydi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Nominatsiya Nominant Natija
2016-yil tvN10 Awards Romantik komediya qiroli Sung Joon Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Park, Jin-hai „Cable dramas having heyday: tvN's I Need Romance 3 appeals on straight-talk, colorful love game“. The Korea Times (2014-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 24-yanvar.
  2. An, So-hyoun „Sung Joon and Kim So Yeon Cuddle Up During I Need a Romance Script Practice“. enewsWorld (2014-yil 10-fevral). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-fevral.
  3. Lee, Cory „Kim So-yeon to Take Lead Role on In Need of Romance 3. TenAsia (2013-yil 19-noyabr). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  4. Lee, Sun-min „Kim So-yeon joins I Need Romance. Korea JoongAng Daily (2013-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  5. Hong, Grace Danbi „Kim So Yeon Plans on Being Bold If a Bed Scene Comes Up in I Need a Romance 3. enewsWorld (2014-yil 8-yanvar). 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  6. Hong, Grace Danbi „Sung Jun Cast in I Need a Romance 3 with Kim So Yeon“. enewsWorld (2013-yil 20-noyabr). 2014-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  7. Hong, Grace Danbi „Sung Jun Admits He Was Scared of Kim So Yeon At First“. enewsWorld (2014-yil 8-yanvar). 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  8. Lee, Cory „Namgung Min to Turn "Mr. Perfect" in New tvN Series“. TenAsia (2013-yil 13-dekabr). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  9. Lee, Cory „Park Yuhwan Joins New Season of In Need of Romance. TenAsia (2013-yil 27-noyabr). 2014-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  10. An, So-hyoun I Need a Romance Park Yoo Hwan Gifts Rookie Employees with Coffee“. enewsWorld (2014-yil 10-fevral). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-fevral.
  11. 유하준 '로맨스가 필요해 시즌3' 종영 소감 „달콤한 기억으로 남길“ 경인일보 2014-03-04

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]