Hypixel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Hypixel (rasmiy nomi: Hypixel Network) 2013-yil 13-aprelda Simon Collins-Laflamme va Philippe Touchette tomonidan chiqarilgan Minecraft uchun mini oʻyin serveri boʻlib, Hypixel Inc. tomonidan boshqariladi.[1] Hozirgi kunda Hypixel serveriga Minecraftning faqat Java nashri oʻyinchilarigina kira oladi,[2] biroq ilgari server Bedrock nashridagi oʻyinchilar uchun ham mavjud edi. Hypixel umumiy hisobda toʻrtta Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan [3] va hozirda eng katta Minecraft serveri hisoblanadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hypixel serveri ilk bor sinov tariqasida 2013-yil 13-aprelda Simon Collins-Laflamme va Philippe Touchette tomonidan chiqarilgan. Server Hypixel Inc. tomonidan boshqariladi [1] [4] [5] Dastlab ular birgalikda Minecraft uchun sarguzasht xaritalarini yaratishgan [2] va xarita treylerini oʻz YouTube sahifasiga yuklashgan. Hypixel serveri ushbu xaritalarni oʻynash va tuzilishini koʻrsatish uchun yaratilgan edi. Mini oʻyinlar dastlab foydalanuvchilarning boshqa oʻyinchilarni kutishlari paytida oʻynashlari uchun yaratilgan edi[5], ammo mini oʻyinlar oʻz-oʻzidan mashhur boʻlib, ushbu serverni boshqa serverlardan ajratib turadigan asosiy farqga aylandi.

Hypixel Inc., Hypixel serverining taʼminotchisi. [1] 2013-yil 23-yanvarda „8414483 Canada Inc“ nomi ostida Kanada korporatsiyasi sifatida roʻyxatga olingan. Keyinchalik 2015-yil 2-fevralda uning nomi „Hypixel Inc.“ ga oʻzgartirildi. [6]

2015-yilda serverni yuritish harajatlari oyiga taxminan 100 000 dollarga tushishi maʼlum boʻldi. [7]

2021-yil aprel holatiga koʻra, server muntazam ravishda 150 000 dan ortiq oʻyinchilarni oʻz ichiga jamlagan. Huddi shu yili 16-aprelda muntazam oʻyinchilar soni eng baland choʻqqisiga chiqdi va 216 000 dan oshdi [8] Server egasining tvitiga koʻra, 2020 yil aprel oyida server 18 million bir-birini takrorlamas oʻyinchilarga ega edi.[9]

Hujumlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taxminan 2018-yil aprel oyidan Hypixel serverga qarshi zararli dastur boʻlgan Mirai tomonidan amalga oshirilgan koʻplab hujumlar qurboni boʻlganidan soʻng, DDoS himoyasi sifatida Cloudflare Spectrum-dan foydalanishni boshladi. [10] [11]

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 20-oktyabrda Hypixel toʻrtta Ginnesning rekordlar kitobiga kirganligini eʼlon qildi. [12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Announcing Hypixel Studios and Hytale!“ (en-US). Hypixel - Minecraft Server and Maps (2018-yil 12-dekabr). 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "reaffirm" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 MacGregor. „Hytale is a Minecraft follow-up that remembers the minigames“. Rock, Paper, Shotgun (2018-yil 20-dekabr). 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "RPS22" defined multiple times with different content
  3. „It's Official - Hypixel holds 4 Guinness World Records“ (en-US). Hypixel - Minecraft Server and Maps (2017-yil 20-oktyabr). 2018-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-aprel.
  4. „Official Hypixel Minecraft Server 1.5.2 (BETA)“. Hypixel - Minecraft Server and Maps (2013-yil 13-aprel). 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  5. 5,0 5,1 Simpkins. „First Look: Hytale is putting adventure and creativity at the heart of its ambitious block-building sandbox“. GamesRadar+ (2020-yil 24-fevral). 2020-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  6. „Federal Corporation Information - 841448-3 - Online Filing Centre - Corporations Canada - Corporations - Innovation, Science and Economic Development Canada“. www.ic.gc.ca. 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  7. Wiltshire, Alex. „The Future Of Minecraft's Biggest Servers“. Rock, Paper, Shotgun (2015-yil 15-sentyabr). 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
  8. „Minetrack Data“. Minetrack (2020-yil 22-may). 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyun.
  9. „Twitter.com“.
  10. „Internet security expert links massive botnet DDoS attacks to Minecraft disputes“ (en). PC Gamer. 2019-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  11. „Cloudflare Spectrum – DDoS protection for the rest of the Internet“ (en-US). 2018-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  12. „It's Official - Hypixel holds 4 Guinness World Records“. Hypixel Forums. Hypixel Inc. (2017-yil 20-oktyabr). 2018-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
Manba xatosi: <ref> tag with name "Guinness" defined in <references> is not used in prior text.