Huh Chan-mi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Huh Chan-mi
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Huh Chan-mi
6-aprel 1992
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Janr K-pop
Faoliyat yillari 2010–hozirgacha
Veb-sayt Huh Chanmi FirstOne

Huh Chan-mi (1992-yil 6-aprelda tugʻilgan), janubiy koreyalik qoʻshiqchi. Huh birinchi marta 2010-yilda Janubiy Koreyaning Coed School guruhi a'zosi sifatida debyut qilgan va guruh bo'linib ketganidan so'ng, keyinchalik 2011-yilda F-ve Dolls qizlar guruhi tarkibiga aylangan va 2012-yil fevral oyida guruhni tark etgan. Huh qisqa vaqt davomida mashg'ulotlarga qaytgan va Produce 101 (2016) va Mix Nine (2017) kabi bir nechta realiti-shoularda paydo bo'lgan. Ko`rsatuvlarda paydo bo'lganidan so'ng, Huh o'zining "Highlight" nomli yakkaxon debyut albomi chiqishidan oldin, 2020-yilda yakkaxon ijrochi sifatida FirstOne Entertainment bilan shartnoma imzolagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huh 2004-yilda SM Entertainmentda stajyor bo'lgan. U dastlab Girls' Generation guruhining o'ninchi a'zosi bo'lishi uchun tayyorlangan, ammo u juda yosh bo'lgani uchun va endigina yettinchi sinfda o'qiyotganligi sabab guruhning tarkibiga kira olmagan.[1] U Anyang san'at maktabiga o'qishga kirgan va 2011-yilda uni tamomlagan.[2]

SM Entertainmentni tark etgach, Huh Core Contents Media kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan va 2010-yilda Coed School guruhining asosiy vokalisti sifatida o'zining rasmiy debyutini qilgan. Guruh "Too Late" singli bilan sahnada ilk namoyishini qilgan.[3] 2011-yil o'rtalariga kelib, Coed School ikkita kichik bo'limga bo'lingan: Speed va F-ve Dolls. Huh F-ve dollsning a`zosi edi. Guruh "Lip Stains" va "Your Words" singllari uchun ikkita reklama roliklarini chiqargan, ularda Huh guruhdoshi Lee Soomi va qo'shiqchi Jay Park bilan birga bosh qahramon obrazida bo'lgan.[4] F-ve Dolls 2012-yilda Huh guruhdan va Core Contents Mediadan ketishidan oldin yana bitta "Like This Or That" deb nomlangan singlni chiqardi. Oʻshanda Huh Twitter ijtimoiy tarmog`ida boshqa agentlik izlayotgani haqida yozgan.[5]

2020-yil yanvar oyida Huh FirstOne Entertainment bilan shartnoma imzolagan va oʻzining yangi romanlashtirilgan sahna nomi Huh Chan Mi ostida shaxsiy YouTube kanalini ochgan.[6][7] Uning birinchi videosi Janubiy Koreyada mashhur boʻlgan Camila Cabello va Shawn Mendesning "Señorita” qoʻshigʻining o`zi aytgan talqini edi. Iyun oyida Huh keyingi oy albom chiqarishga tayyorlanayotgani e'lon qilindi.[8] Huh o'zi yaratgan "I'm fine thanks" qo'shig'ini chiqargan. Qo'shiq Huhning baxtsizligini yashirgan holda qanday qilib qiyinchiliklarni yengib, san`at sohasida o'sishi kerakligi haqida.[9] Huh o'zining Highlight yakkaxon albomini 23-iyul kuni "Lights" singli bilan birga chiqargan.[10]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albom[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Highlight (2020)
  • Chanmi's Trot: Haeundae Beach (2021)

Singl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Yil Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar Albom
KOR
"I'm fine thanks" 2020 Highlight
"Lights"
"Haeundae Beach" (해운대 밤바다) 2021 Chanmi's Trot: Haeundae Beach

Kompilyatsiya ko'rinishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Yil Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar Albom
KOR

[11]
"Yum-Yum" (얌얌) 2016 9 PRODUCE 101: 35 Girls 5 Concepts
"Like a Star" (이 밤이 지니면) 2018 MIXNINE Part.4
"Father's Youth" (아빠의 청춘) 2020 Miss Trot 2 Preliminary Best PART2
"An Odious Man" (미운 사내) 2021 Miss Trot 2 Team Mission BEST
"Still a Dark Night" (아직도 어두운 밤인가봐) Miss Trot 2 Death Match PART2
"Danger" Miss Trot 2 Medley Team Mission Group
"Acacia" (아카시아)
"Parallel" (평행선)
"Empty Glass" (빈잔)
"Lingering Affection" (미련) Miss Trot 2 Legend Mission Best Semi-Final 2
"The Rope of Love" (사랑의 밧줄) Maria bilan
"It's a Wonderful Life" (멋진인생) Miss Rainbow sifatida Miss Trot 2 Final Song of Life Mission
"Magic Girl" (마법소녀) m Let's Be My Daughter PART3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Celebrities who Almost Became SNSD Members“. Soompi (29-mart 2011-yil). Qaraldi: 18-avgust 2017-yil.
  2. „Naver People Search“. Naver.
  3. „[포토엔'남녀공학' 데뷔 타이틀 곡 'Too Late' 3D 뮤직비디오 공개“]. newsen.
  4. Ramirez. „5Dolls Releases 'Your Words' MV feat. Jay Park“. Soompi (16-fevral 2011-yil). Qaraldi: 18-avgust 2017-yil.
  5. „5dolls' Chanmi Leaves Her Agency Core Contents Media“. Soompi (18-fevral 2013-yil). Qaraldi: 18-avgust 2017-yil.
  6. „Former "Produce 101" And "MIXNINE" Contestant Heo Chanmi Joins New Agency“. Soompi.
  7. „Login • Instagram“. 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  8. Kim. „베리스토어, 키썸·나윤권·허찬미 소속 퍼스트원 엔터테인먼트와 업무협약 체결“. MBN (2020-yil 24-iyun). Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
  9. Park. „파이브돌스 출신 허찬미, 솔로 데뷔 임박“. Newsen (2020-yil 8-iyul). Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
  10. Kim. „허찬미 프로듀스 101 출연 이후, 4년 만에 솔로 데뷔 자작곡 ' I'm fine thanks' 퍼포먼스 트레일러 공개“. 스포츠서울 (2020-yil 10-iyul). Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
  11. „Gaon Digital Chart“. Gaon Music Chart.