Orifxon Hotamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hotamov Orifxondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Orifxon Hotamov (1927.10.10, Jizzax — 2002.25.9, Toshkent) — xonanda, sozanda (tanbur, gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Milliy mumtoz musiqa (ma-qom, ashula, katta ashula, bastakorlik) sanʼatining yirik vakili. Toshkent musiqa bilim yurtini gʻijjak ixtisosligi boʻyicha tugatgan (1954). Hofizlik va tanbur chalish yoʻllarini ustozi J.Sultonovdan oʻzlashtirgan. Muqimiy teatri (1944), Oʻzbek davlat filarmoni-yasi (1945-50), Oʻzbek radiosining xalq cholgʻulari orkestri (1956—59), etnografik ansambli (1959-76), *Ma-qom" ansambli (1976-89)da sozan-da, ayni paytda M.Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti (1989—99), Toshkent konservatoriyasi (1999 yildan)da peda-gog . Repertuaridan katta ashula ("Ohkim", "Daydi Tanavor", "Boʻlmish" va boshqalar), mumtoz ashula ("Fe-ruz", "Abdurahmonbegi", "Hanuz", "Qoʻshchinor", "Suvora" va boshqalar) va maqom yoʻllari ("Dugoh Husayn", "Bayot" kabi), 20-asr bastakorlari ("Sodirxon Ushshogʻi", S.Bobosharipov; "Ul kun jonon", J.Sultonov; "Dogʻman", K.Otaniyozov va boshqalar) hamda oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi bastalagan ("Naylayin", "Qoshi yosinmu deyin", "Qora boʻlib-dur", Navoiy; "Sensan sevarim", Lutfiy; "Yor oʻtdimu", S.Zunnunova; "Holimni soʻrmaysan", Sadoiy; "Ohista-ohista", T.Toʻla; "Subhidam", P.Moʻmin; "Vatandir", "Paydo boʻlibdur", Chustiy va boshqalar) asarlari oʻrin olgan. H. kuchli, koʻlami keng , shirador va dardli ovoz sohibi. H.ning oʻziga xos ijro va ijo-diy uslubi nozik did, teran maz-mundorligi bilan ajralibturadi. Koʻp yillar davomida Hakimjon Fayziyev, keyinchalik oʻgʻillari Axrorxon va Ismoilxonlar bilan hamnafaslik qilib, ovozlar ravonligi va mutanosibligi, tanbur-dutorning dil-kash Muloqotiga asoslangan joʻrovoz yoʻlida ijod qilgan. Ijrolari va bastakorlik asarlari Oʻzteleradio-kompaniyasi fonotekasiga, bir necha gramplastinka va kompakt diskga yozilgan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).[1]

Adabiyot[tahrir]

  • Begmatov S, Orifxon Hotamov, T., 2000.

Manbalar[tahrir]

  1. Abdullayev, Rustam. "Hotamov Orifxon" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil