Hosil Nurmatovich Boymuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hosil Nurmatovich Boymuhamedov (1918.1.12 Toshkent 1990.14.7) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), geol.mineralogiya fanlari doktori (1960), professor (1962). Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1943). Oʻzbekiston Geol. boshqarmasida katta geolog va geologkonsultant (195052). Oʻrta Osiyo politexnika institutida dotsent (1950—61). Geol. va mineral xom ashyo institutida katta ilmiy xodim (1957—60). ToshPIda kafedra mudiri (1960 yildan), prorektor (1960—72). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining bosh ilmiy kotibi va hayʼat aʼzosi (1972—79), Yer haqidagi fanlar boʻlimining akad.kotibi (1979 yildan). Foydali kazilmalar konlarini geokimyoviy usulda izlash Urta Osiyo seksiyasining raisi (1980 yildan). Kosmos boʻyicha ilmiykonsultativ kengash raisi (1984). Bir qancha xalqaro va regional kongress va kengashlar, jumladan jahon geologlari 27Xalqaro kongressining (1984) tashkilotchisi va qatnashchisi. "Oʻzbekiston geologiya jurnali"ning bosh muharriri (1988). Asarlari ruda konlari geol.si va Urta Osiyodagi rudali rayonlar va provinsiyalar metallogeniyasiga bagʻishlangan. Urta Osiyo, jumladan Oʻzbekistonning foydali kazilmalar konlari formatsion metallogenik haritasini tuzganlardan biri va bosh muharriri. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Birinchi kon ochuvchi (1980). Toshkent shahri koʻchalaridan biri B. nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil