Hokimjon Hoshimovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hokimjon Hoshimovich (1915-yil 23-mart — 2009-yil 11-mart) — pedagog, Xalq oʻqituvchisi(1991-yil), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi(1959-yil). Tohkentda tugʻilgan. Toshkent pedagogika institutini tugatgan(1939-yil). 1936-yildan boshlab „Oʻqituvchilar gazetasi“da adabiy xodim, masʼul kotib. 1947-yildan boshlab Sobir Raximov tumanidagi 22-maktabda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, 1948—2001-yillarda maktab direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Hoshimov haqida Oʻzbekiston televideniyasi tomonidan „Umr mazmuni“ xujjatli filmi tayyorlangan. 1994- yilda „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 762.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780 bet.