Kontent qismiga oʻtish

Hisorak suv omboridan suv sizib chiqishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Hisorak“ suv omboridan suv sizib chiqishi2024-yil 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan „Hisorak GES“ UK boshqarmasiga qarashli Hisorak suv ombori toʻgʻonining chap tarafidan qoʻshimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati[1][2]. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan vahima xabarlar sabab, aholining baʼzi qismi ommaviy ravishda turar-joylarini tark etishgan, biroq vaziyatni nazoratga olish maqsadida rasmiylar suv ombori hududiga yetib borishgan. Tarmoqlar orqali Shahrisabz tumani hokimi, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshliqlari holat haqida munosabat bildirishgan[3].

Munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2024-yil 10-iyun kuni tezkor bayonot berdi[4][5]:

10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan.

Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat Hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda. Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „“Hisorak” suv omborida yuzaga kelgan holat bo‘yicha maʼlumot berildi“. UzReport.News. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
  2. „“Vaziyat nazorat ostida”. “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqdi (+video)“. Gazeta.uz. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
  3. [“Vahimaga o‘rin yo‘q”. Shahrisabz hokimi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i aholiga videomurojaat yo‘lladi „“Vahimaga o‘rin yo‘q”. Shahrisabz hokimi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i aholiga videomurojaat yo‘lladi“]. Daryo.uz. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
  4. „“Hisorak” suv omboriga shikast yetmagan, ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q - FVV bayonoti“. Kun.uz. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.
  5. „“Hisorak” suv omborida yuzaga kelgan holat bo‘yicha maʼlumot berildi“. Daryo.uz. Qaraldi: 11-iyun 2024-yil.