Hirshlanden jangchisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hirshlanden jangchisi. Miloddan avvalgi VI-asr

Hirshlanden jangchisi — qumtoshdan oʻyilgan yalangʻoch jangchining inson oʻlchamidagi haykali, arxeologlar tomonidan 1963-yilda Ditzingen (Shvabiya) dagi Hallstatt madaniyatining Hirshlanden qabristonini qazish paytida topilgan. Miloddan avvalgi VI asrga tegishli. Alp togʻlaridan shimolda bundan ham avvalgi inson oʻlchamidagi boshqa haykallarning mavjudligi nomaʼlum. Eski Shtutgart qal’asida namoyish etilgan.

Frontal statik poza va qoʻpol shakllar bilan ishlangan jangchining haykali qadimgi yunon kurosiga oʻxshaydi. Koʻmishdan oldin haykal uzoq vaqt ochiq joyda turgan boʻlishi mumkin: yuz xususiyatlari oz farqlanadi (ehtimol oʻlim niqobi tasvirlangan), oyoqlari saqlanib qolmagan, bosh alohida koʻmilgan. Temir davri keltlari uchun xarakterli xususiyatlarga ega: qoʻlida bronza xanjarni ushlab turadi, boʻynidagi torkves, boshida qayin poʻstlogʻidan shlyapasi bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Piceni. Popolo d'Europa. Roma: Edizioni de Luca, 1999. 
  • Sabine Rieckhoff, Jörg Biel et al.. Die Kelten in Deutschland. Stuttgart: Theiss, 2001. ISBN 3806213674. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]