Hindiston Premyer Ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindiston Premyer Ligasi (inglizcha: Indian Premier League; IPL) - bu Hindistonning oʻnta shahridan oʻnta jamoa ishtirokida oʻtkaziladigan kriket ligasi. Liga 2007-yilda Hindistonda Kriket boʻyicha nazorat kengashi tomonidan tashkil etilgan.[1]

2010-yilda IPL YouTubeʼda jonli efirga uzatiladigan dunyodagi birinchi sport tadbiriga aylandi.[2][3] 2019-yilda IPLning brend qiymati 6,3 milliard dollarni tashkil etdi.[4]

IPL turnirining oʻn toʻrt mavsumi boʻldi. Hozirgi IPL chempioni Chennai Super Kings boʻlib, 2021-yilgi mavsumda gʻolib chiqdi.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]