Kontent qismiga oʻtish

Hech narsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hech Nimadan yoʻnaltirildi)

Hech narsa, hech nima — har qanday sifatning , muayyan obʼyektning va umuman bor boʻlgan narsalarning yoʻqligini, mavjud emasligini ifo-dalovchi falsafiy tushuncha. U mavjudlik, borliq, nimadir degan tushun-chalarning qarama-qarshisi. U — yoʻqlikdir. Yoʻqlik — Hech narsadir. Borliq tushunchasi nimaningdir mavjudligini ifodalasa, yoʻqlik tushunchasi esa oʻsha joyda nimaningdir mavjud emasligini anglatib, nimaning aksi boʻlgan Hech narsani ifodalaydi. Yoʻqlikdeb oʻtmishdagi va kelajaqdagi hodisalarning hozirgi zamonda (aynan shu vaqt-da) yoʻq ekanligiga qoʻllash mumkin. Bugungi hodisa kecha yoʻq edi, ammo potensial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yoʻqlik, ammo potensial borliqdir. Biz oʻtmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi oʻzgarish surʼatiga va tendensiyalariga qarab faraz qilamiz. Bugungi voqelik ertaga esa yoʻqlikka aylanadi, bugun tirik boʻlgan koʻpgina jonivorlar ertaga oʻlik boʻladi. Mutlaq yoʻqlikning oʻzi yoʻkdir. Hech narsa ni gnoseologik maʼnoda ham tushunish mumkin. Biz yoʻq deb hisoblagan obʼyektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan boʻlishi ham mumkin. Oʻtgan asrlarda elektromagnit may-donining , koʻpgina elementar zar-ralarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar yoʻq edi. Aniqrogʻi, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun "yoʻqlik" hisoblanar edi.

Hech narsa tushunchasi haqida qadimdan mutafakkirlar fikr yuritib kelishadi. Demokrit harakat va oʻzgarishlar boʻlishi uchun borliq (atomlar) va boʻshliq (Hech narsa) boʻlishi lozim, deb taʼkidlagan. Sofist Gorgiy Hech narsa bor-liqning teskari tomonidir deydi. Platon va Aristotel fikricha, Hech narsa oʻz-oʻzicha imkoniyat, passiv bogʻliqlik boʻlib, bu sifatlar har bir konkret narsada mujassamlashgan boʻladi. Plo-tin falsafasida Hech narsa, yaʼni yoʻqlik yomonlik bilan aynanlashtiriladi. Sharq falsafasida, kalom taʼlimotida, Forobiy va Ibn Sino asarlarida Hech narsa azaliy borliqsan tashqaridagi iroda sifatida talqin etiladi va u hamma narsaning ibtidosi va intihosidir deb taʼkidlanadi. Hayopg falsafasitsa hamma balolar yoʻqlikdan kelib chiqadi, deyiladi.

Gegel "Mantiq fani" asarida Hech narsa sof borliqning qarama-qarshisi, kategoriyalar harakatining dastlabki bosqichidir deb hisoblagan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib anʼanaviy metafizika taʼlimotining susay-ishi tufayli Shopengauer, Nitsshe, Bergson tomonidan Hech narsa maʼnosiz tushuncha sifatida falsafiy isteʼmoldan chiqarib tashlandi. Ammo, zamonaviy kosmologik konsepsiyada hamma narsa oʻsha Hech narsadan vujudga kelgan deyiladi. Shunday ekan, Hech narsa aslida hamma narsaning ibtidosi va instituti-hosi, asosi va davomchisi, sababchisi va oqibati, yaratuvchisi va yoʻqotuvchisidir.

  • Al -Farabi, Filosofskiye trak-tatn, Alma-Ata, 1970;Turayev B.O., soderjaniye prostranstva i vremeni v proshlom i nastoyashem, v kn. Klassicheskaya nauka Sred-ney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsiya, T., 2000; Podolnny R., Hech ni-maningoʻzi nima?, T., 1987;Toʻrayev B.O., Karimov B.R., Hozirgi zamon fanlarida imkoniyat muammolari, T., 1993.