Heather Samuel
Medal soni | ||
---|---|---|
Yengil atletika | ||
Antigua va Barbuda vakili | ||
CARIFTA Yoshlar (U20) | ||
Oltin | 1989 Bridgetown | 100 metr |
Panamerika oʻyinlari | ||
Bronza | 1995 Mar del Plata | 100 metr |
Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlari | ||
Kumush | 2002 San Salvador | 100 metr |
Bronza | 2002 San Salvador | 200 metr |
Heather Barbara Samuel (1970-yil 6-iyulda tugʻilgan) — 100 va 200 metrga yugurish boʻyicha Antigua va Barbudalik nafaqadagi sprinter. 1990-yilda u Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlarida 100 metrga yugurishda kumush va 200 metrga yugurish bahslarida bronza medali bilan ikkita medalni qoʻlga kiritgan[1].
Samuel 1991-yildan 1994-yilgacha Kentucky shtati Murray shahridagi Myurrey shtat universitetida sprinter boʻlgan. 2004-yilda u Myurrey shtat atletika shon-shuhrat zalidan joy olgan[2][3]. Uning Jahon chempionatidagi debyuti 1993-yilda, 1993-yilgi Jahon chempionatida 100 va 200 metrga yugurish boʻyicha boʻlgan. Ikkala yoʻnalishda ham u finalga chiqa olmagan. Oʻsha yilning may oyida Samuel Indianapolisda 11,20 soniya natija qayd etib, 100 m masofaga yugurish boʻyicha eng yaxshi natijasini koʻrsatgan. Kelgusi yilning may oyida u Atlantada 200 metrga yugurish bahslarida 23,20 soniya natija koʻrsatgan. Bu natijani u oʻzining faoliyatida eng yaxshi natija sifatida yozib qoʻygan.
1995-yilda Samuel faoliyatidagi yagona Markaziy Amerika va Karib dengizi chempionligini qoʻlga kiritgan[4]. U Jahon chempionatida yana ikkita musobaqada qatnashgan, bu musobaqalarda u oldingilari kabi finalga chiqa olmagan. bu natija 1997-yilgi Jahon chempionatida ham takrorlangan.
1999-yilda u yopiq inshootlardagi jahon chempionatida debyut qilgan va oʻsha yili jahon chempionatida faqat 100 metrga yugurish musobaqalarida ishtirok etgan. U 100 metrga, shuningdek, 2000-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida jahon darajasidagi 200 metr va 2001-yilgi yopiq inshootlardagi Jahon chempionatida 60 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan ammo yana final bosqichiga chiqa olmagan. Biroq, u 1990-yildagi Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlaridagi muvaffaqiyatini takrorlab, yana kumush va bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].
2003-yilda u 2003-yilgi yopiq inshootlardagi jahon chempionatida 60 metrga yugurish bahslarida yarim finalga chiqgan, bu uning xalqaro yengil atletika musobaqasidagi eng yaxshi natijasi boʻlgan. 2003-yilgi Jahon chempionati va 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan. U 2004-yildan beri musobaqalarda ishtirok etmaydi.
- ↑ 1,0 1,1 Central American and Caribbean Games (Women) — GBR Athletics
- ↑ „Western trying to sell 5,000 season tickets“, Associated Press at The Harlan Daily Enterprise, May 28, 1992.
- ↑ „Murray State Athletics Hall of Fame“ (accessed March 17, 2011).
- ↑ Central American and Caribbean Championships (Women) — GBR Athletics