Hazrati Ali Buva ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hazrati Ali Buva ziyoratgohi
[[Dosya:|Hazrati Ali Buva ziyoratgohi kirish qismi|alt=]]
Temel bilgiler
Meʼmor
Xususiyatlari

Hazrati Ali Buva ziyoratgohi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parkent tumani Kumushkon qishlogʻi „Chashma“ mahallasining eng yuqori qismida joylashgan. Dastlab 1982-yilda Kumushkon qishlogʻi aholisi tomonidan hashar yoʻli bilan 1 ta xonaqoh va 1 ta ayvon barpo etilgan. 2010-yilda mahalliy ustalar tomonidan qaytadan taʼmirlangan. Ziyoratgohda 3 ta xonaqoh, 1 ta ayvon mavjud. Ushbu muqaddas joyda 5 ta buloq bor. Buloqlardan chiqayotgan suv kumushga toʻyingan boʻlib, tarkibidagi 60 dan ortiq mikroelementlar oshqozon-ichak kasalliklari uchun shifo sanaladi.

Ziyorat va turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

„2019-2021-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida“ Hukumat qarori (1053-son, 31.12.2019-yil) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Boʻka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahri „Oltin halqa“ turizm konsepsiyasi asosida rivojlantiriladi. Shuningdek, Parkent tumanining „Kumushkon“ MFY hududida „Kumushkon“ turizm qishlogʻi tashkil etiladi. Shunga koʻra, qaror bilan „Oltin halqa“ turizm konsepsiyasi hamda „Kumushkon“ turizm qishlogʻini tashkil etish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

"Oltin halqa" turizm konsepsiyasining asosiy vazifalaridan biri hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadini oshirishdan iborat. Qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Unga koʻra 45 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, 1523 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]