Hazrat Mavlono Oxund Kamoliddin Vag‘anzaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo

Ism

Hazrat Mavlono Oxund Kamoliddin Vag‘anzaviy

Tavalludi

Vafoti

1652-yil

Falsafa maktabi


Hazrat Mavlono Oxund Kamoliddin Vag‘anzaviy — (?—1652) — alloma va avliyo. Hazrat Mavlono Oxund Kamoliddin Vag‘anzaviy Hazrat Shoh Axsining yetuk va mashhur muridlaridan biri hisoblanadi[1]. Hazrat Mavlono Kamoliddin shunday yozadi: ""Men birinchi marotaba Hazrat Poyanda Muhammad Shoh Axsi huzurlariga kelganimda, xonaqohda juda ko‘p kishi to‘plangan edi. Men ko‘zga kurinmaydigan joyga o‘tirib o‘z ichimda dedim: „Hazrat Shoh Axsi o‘zlariga murid bo‘lishni niyat qilib kelgan kishini tanishlari kerak“. Shu onda Hazrat Shoh Axsi muroqabadan boshlarini ko‘tarib, menga qaradilar-da dedilar: „Ey, mullo! Sizni bu xonaqohga yetaklab keltirgan odam, albatta sizni taniydur!“ Bu jumlalarni eshitib, Hazratning karomatlarini ko‘rib, darhol ul zotga murid bo‘ldim". Qisqa muddatda Hazrat Kamoliddin Oxund yuksak daraja, maqom egasi bo‘ldilar. „Tuhfat az-zoirin“da yozilishicha, uning sayʼ-harakatlari va mablag‘lari bilan Buxoro shahridagi Masjidi Kalon qayta taʼmirlanib, devorlariga naqshlar solingan. Shuningdek, Xojayi Jahon ziyoratgohida tahoratxona qurilishiga ham Hazrat Kamoliddin Oxundning hissasi bor. „Tuhfat az zoirin“da keltirilishicha, Imomqulixon (1611-1642) saroyida uning muridlaridan biri xizmat qilardi. Kunlardan bir kun shoh haligi kishini jazolashga buyurdi. U murid qochib Hazrat Kamoliddin xonaqohlariga keldi. O‘sha paytda Hazrat Masti va Hazrat Kamoliddin Oxundlar muroqaba holatida edilar. Qochoqqa yetib kelgan navkarlar uni ushlab saroyga eltmoqchi bo‘ldilar. Shunda Hazrat Kamoliddin muroqabadan bosh ko‘tarib, xonaqoh burchagida turgan suv to‘la ko‘zaga qaradilar. Ulkan qo‘za chil-chil sindi. Hazrat Mavlono Kamoliddin navkarlarga dedilar: „Borib xonga aytinglar, ul kishining vujudi mana shu sopol ko‘za kabi chilparchin bo‘lib ketishini istamasa, darveshlarni hurmat etsin!“ Navkarlar amirga bu holni bayon qilganlarida, Imomqulixon hukmini zudlik bilan o‘zgartirib, tavba qilgan ekan[2]. Hazrat Kamoliddin Oxund 1652-yilda vafot etgan boʻlib, qabri Mavlono Mastiyning mozori yonidadir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet. 
  2. Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204 bet.