Haydar boycha oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Haydar sannovchidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Haydar boycha oʻgʻli, Haydar sannovchi (1882 — Yangiqoʻrgʻon tumani Gʻovzon qishlogʻi — 1970) — oʻzbek xalq baxshisi, ertakchi. Amaki-vachchasi Choʻliboy Koʻshal oʻgʻliga shogird tushgan. H.B.oʻ.dan "Qunduz bilan Yulduz", "Alpomish", "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Goʻroʻglining Avazni olib kelishi", "Avazning arazi", "Yusuf va Ahmad" kabi dostonlar, koʻpgina xalq ertaklari va termalar yozib olingan. "Buzoq, echki va qoʻzi", "Echkining oʻch olishi", "Tulki bilan tovus", "Hiylakor bedana", "Och boʻri", "Tulki bilan boʻri", "Ilon pari" kabi ertaklari "Oʻzbek xalq er-taklari" toʻplamida nashr etilgan.