Hasanboy dahasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasanboy dahasi — Yunusobod tumani hududida, Toshkent avtomobil halqa yoʻli, Xasanboy koʻchasi va Qoraqamish kanali oraligʻida joylashgan. Qadimda shaharga kirib keluvchi karvon yoʻllari shu yerdan oʻtgan. Xududi, asosan, bogʻ va ekinzorlardan iborat boʻlib, Toshkent tumani jamoa xoʻjaligi tasarrufida boʻlgan. Mustaqillik yillari shahar tarkibiga kiritilgan. Dahada „Islomobod“, „Beruniy“, „Sharq xaqiqati“, „Guliston“, „Xasanboy“ maxallalari tashkil etilgan. Dahada yakka tartibdagi turar joylar, maktab, bogʻcha, kichik va oʻrta biznes subyektlari, savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, turli servis xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Toshkent viloyatining Xasanboy qishlogʻiga oʻtish joyida qurilish materiallari sotiladi[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 761.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780 bet.