Kontent qismiga oʻtish

Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Andoza:Wikidata image

Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy(arabcha:حسن بن منصور أوزغاندي — Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy — Toʻliq ismi:Hasan ibn Mansur ibn Mahmud Faxriddin Qozixon Oʻzgandiy Fargʻoniy (vafoti 593/1197-yil)) — faqih.

Hasan ibn Mansur Oʻzgandiyning ilmiy merosi „Mashhur fatvolar toʻplami“, „Al-voqiʼot“ („Dalillar“), „Al-amoliy“ („Imlo qilingan“), „Al-muxozara“ („Maʼruzalar“), „Sharhu-z-Ziyodot“ („Ziyodot asari sharhi“), „Sharhu-l-jomiʼu-s-sagʻir“ („Kichik toʻplam sharhi“), „Sharhu Odobu-l-qoziy“ („Qozilar odobi asari sharhi“) va boshqa asarlardan iborat. Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy ustozlari Zahiriddin Hasan ibn Ali Margʻinoniy, Abdulaziz ibn Umar ibn Moza, Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiylardan taʼlim olgan. Shogirdlari qatorida Jamoluddin Abdulmahomid Mahmud Husayriy, Shamsu-l-aimma Muhammad Kardariy va boshqalar bor[1].

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 866.