Harz pishlogʻi
Harz pishlogʻi (baʼzan Harz pishloq, nemischa: Harzer Käse — yogʻi olingan qatiqdan tayyorlanadigan nemis pishlogi.
Avstriyada bu turdagi pishloq „quargel“ (Quargel) deb ham ataladi. Ushbu pishloqlarning asl vatani Germaniyaning Harz mintaqasidir.
Tayyorlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harz pishlogʻi qatiqdan tayyorlanuvchi pishloqlar toifasiga kiradi va yogʻsiz tvorogdan tayyorlanadi. Pishloqdagi yogʻ miqdori 1 % dan oshmaydi. Tayyor pishloq boshlari odatda kichik oʻlchamli va yumaloq shaklda boʻladi.
Harz pishloqlari tayyorlanish arafasida uning yuzasiga ataylab suriladigan mikroorganizmlar yordamida tayyor boʻladi. Pishloq tashqidan ichkariga tomon yatilib boradi. Qoʻshimcha taʼm berish maqsadida zira xushboʻy qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harz pishlogʻining ikki turi mavjud:
- Shimmel-Xarzer, uning yuzasi oq mogʻor bilan qoplangan
- Rotschmire-harzer, uning yuzasi toʻq sariq-jigarrang tusli qobiq bilan qoplangan.
Taʼmi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rotschmire Harzerning taʼmi anchagina oʻtkir. Ikkala navning taʼmi pishilish darajasiga, shuningdek, pishloq isteʼmol qilinayotganda uning haroratiga ham bogʻliq. Yetarli darajada yetuk va yuqori harorat pishloqdan oʻtkir, oʻziga xos hid chiqaradi. Harz pishlogʻining yetilish davri bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi. Yosh pishloqlarda boshning katta qismi, yaʼni asosi pishloq tayyorlangan kam yogʻli tvorogni eslatuvchi oq oʻzakdan iborat boʻladi. Yetilgan pishloqlar qahrabo tusda yoki sargʻish oltin rangda boʻlib, shaffof va yopishqoqdir. Harz pishloqi kaloriyasi pastligi uchun har xil turdagi parhezlarga juda mos keladi. U boshqa pishloqlardan juda yogʻsizligi va ayni paytda oqsillarga boyligi bilan ajralib turadi. Pishloq choʻchqa yogʻi yoki xantal surtilgan non va konservalangan bodringlar bilan dasturxonga tortiladi.
Saqlash muddati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harz pishloqlarining saqlash muddati naviga qarab turli xil boʻladi: yosh pishloqlar 5-6 hafta, yetuk pishloqlar 1-2 haftagacha saqlanishi mumkin.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Markina L. G. HARZER KÄSE GARTsSKIY SIR // Kultura Germanii: lingvostranovedcheskiy slovar / pod obщey redaksiey prof. N. V. Muravlyovoy. — M.: AST, 2006. — S. 399. — 1181 s. — 3000 ekz. — ISBN 5-17-038383-5.
- Erhard Gorys. Harzer Käse // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 202. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.
- Charles Sinclair. Harzerkäse // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 272. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.