Harf-tovush yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Harfiy yozuvdan yoʻnaltirildi)

Harf-tovush yozuvi, harfiy yozuv — har bir grafik belgi (harf) alohida bir tovushni (fonemani) yoki uning variantini (allofonni) ifodalaydigan yozuv turi; fonografik yozuv rivojidagi dastlabki sillabik (boʻgʻinli) yozuv bosqichidan keyingi ushbu yozuv baʼzi manbalarda a l i f -boli yozuv deb ham ataladi.

H.-t.yo., oʻz navbatida, maʼlum ketma-ketlikdagi 2 xil koʻrinishga ega: 1) konsonant, yaʼni harflar faqat undosh tovushlarni ifodalaydigan yozuv; 2) vokallashgan, yaʼni harflar ham undosh, ham unli tovushlarni ifodalaydigan yozuv. Konsonant yozuv qad. som (finikiy) alif-bosining yaratilishi bilan miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida; vokallashgan yozuv (haqiqiy maʼnodagi H.-t.yo.) esa yunonlar tomonidan finikiy yozuvining oʻzlashtirilishi va unga unlilarni ifodalovchi qoʻshimcha belgi (harf)lar kiritilishi bilan miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida paydo boʻlgan. H.-t.yo. boshqa yozuv turlariga qaraganda juda koʻp afzalliklarga ega. chunonchi, boshqa yozuv turlari (mas, xitoy iyeroglifik yozuvi, yapon aralash yozuvi) yuzlab, minglab, hatto oʻn minglab belgilar bilan ish koʻrgani holda Harf-tovush yozuviyo.ga asoslangan alif-bolar bir necha oʻn belgi (harf)dan iborat boʻladi. Ayni paytda bu yozuv turi savodga oʻrganishda ham qator afzalliklarga, qulayliklarga ega.

H.-t.yo. boshqa yozuv turlaridan mutlaqo ajralgan, "sof" holda mavjud boʻla olmaydi. Unda maʼlum maʼnoda ideografik-logografik, boʻgʻinli yozuvlarning ham baʼzi unsurlari uchraydi. Mas, Ya harf-belgisi 2 tovush (y + a)ni ifodalab, boʻgʻinni tashkil etsa, S harf-belgisi xalqaro miqyosda kimyo, matematika, fizika sohalaridagi alohida termiilar va tushunchalarning ramzi boʻlib xizmat qiladi.

/(L.Fridri x I., Istoriya pisma, per. s nem., M., 1979; Reformatskiy A.A.. Vve-depiye v yazmkovsdemiye, M., 1998.