Hanna Rovina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hanna Rovina (ivritcha: חנה רובינא‎;) – isroillik aktrisa. Uni koʻpincha „Ibroniy teatrining birinchi xonimi“ deb ham atashadi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hanna Rovina 1888-yil 15-sentyabrda Rossiya imperiyasining Minsk gubernatorligining Igumenskiy uyezdining (hozirgi Belarusiya) Byerazino shahrida yogʻoch savdogar David Rubin va Sara-Rivka Rubinlarning oilasida tugʻilgan[2]. Uning Rahel ismli bir singlisi va Zvi ismli bitta akasi bor edi. U Varshavadagi ibroniy tilida soʻzlashuvchi bolalar bogʻchasi oʻqituvchilari uchun moʻljallangan kursda bolalar bogʻchasi oʻqituvchisi sifatida taʼlim olgan (Birinchi jahon urushigacha)[3]. Rovina ibroniy shoiri Alexander Penn bilan turmush quradi va 1934-yilda Ilana ismli qizi tugʻiladi[4].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hanna Rovina aktyorlik faoliyatini Nahum Tzemaxning „Ibroniy sahna teatri“ da boshlagan. U 1917-yilda „Habima“ teatri ishga tushirilayotgan paytda qoʻshilib, uning birinchi spektakli boʻlgan Yevgeny Vakhtangovning spektaklida ishtirok etgan. S. Anskiyning „The Dybbuk“ filmida jin urgan yosh kelin Leahle roli bilan mashhur boʻladi[5].

Habima teatridagi Rovinaning kiyinish xonasi

Rovina oʻz aktyorligini juda jiddiy qabul qilib, Stanislavskiy maktabi tomonidan belgilab qoʻyilganidek, qahramonning hayotini yashashga harakat qiladi.

Nisim Alonining yozgan Liza xola pyesasida Rovina bosh rolni oʻynagan[6].

Mukofatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rovina 1956-yilda teatrda oʻynagan rollari uchun Isroil mukofoti bilan taqdirlangan[7]. 1980-yili 3-fevralda 91 yoshida vafot etgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Losin, Yigʼal. Pillar of fire: the rebirth of ..., 27 August 2008. ISBN 9781870050487. 
  2. On the dispute over her birth date, see: Carmit Guy, Ha-malka nas‘a be-otobus. Rovina ve-"Ha-Bima", Tel Aviv: Am Oved, 1995, p. 16.
  3. Levy, Emanuel (1979). The Habima – Israel’s National Theater, 1917–1977: A Study of Cultural Nationalism. New York: Columbia University Press. ISBN 0-231-04582-4. p. 6.
  4. Her Mother’s Daughter, Haaretz
  5. Patai, Raphael. Journeyman in Jerusalem: Memories ..., 2000. ISBN 9780739102091. 
  6. Ben-Zvi, Linda. Theater in Israel, 26 February 2008. ISBN 9780472106073. 
  7. „Israel Prize Official Site - Recipients in 1956 (in Hebrew)“.
  8. Comay, Joan; Cohn-Sherbok, Lavinia. Who's who in Jewish history: after ..., 2002. ISBN 9780415260305. 

[Turkum:1880-yilda tugʻilganlar]]