Kontent qismiga oʻtish

Hamid Zoxir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hamid Zoxir
Tavalludi 1888-yil
Toshkent, Turkiston
Vafoti 1936-yil, 15-iyul
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi

Hamid Zoxir Aʼlam oʻgʻli (1888-yil , Toshkent, Turkiston – 1936-yil 15-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) sovet davlat va partiya arbobi Oʻzbekistonning Moskvadagi birinchi doimiy vakili[1].

1918-yildan boshlab Kommunistik partiyaning dastlabki aʼzolaridan biri boʻlgan.

1924—1925-yillarda Oʻzbekistonning Moskvadagi birinchi vakolatli vakili etib tayinlangan. Shuningdek, 1925-yilda u SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 3-chaqiriqida deputat sifatida ishtirok etgan, shuningdek, SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod etib saylangan[2]. 1927—1929-yillarda Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi Oliy Kengashining raisi boʻlgan.

1929—1934-yillarda Butunittifoq Kompartiyasi (bolsheviklar) Oʻrta Osiyo byurosida, 1934—1936-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (bolsheviklar) Markaziy Qoʻmitasida qishloq xoʻjaligi boʻlimi instruktori lavozimlarida ishlagan.

1936-yil 15-iyulda u hibsga olinib, keyin NKVD zindonlarida otib tashlangan.

Stalin vafotidan keyin 1956-yilda uning nomi oqlangan[3].

1888-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 7 yoshida otasidan ayrilgan u akasi Muhammad Sharif Maxsumning qoʻlida tarbiyalangan. Hamid Zoxir bolaligidanoq qiziquvchanligi, bilimga intilishi bilan ajralib turganligi uchun ukasi akasi nafaqat yaxshi islomiy taʼlim bergan, balki oʻsha paytda yangi boʻlgan rus tilidagi maktabda oʻqish imkoniyatini ham bergan[4].

1905—1906-yillarda rus maktabini tugatgach, rus gimnaziyasida oʻqishni davom ettirgan. Gimnaziyada u iqtisod, siyosatshunoslik, adabiyot asoslarini oʻrgangan, rus va nemis tilida ravon muloqot darajasida soʻzlasha olgan.

1917-yilda Xamid Zoxir Vasida ismli qizga uylangan. U mashhur ilohiyot olimi, shariat boʻyicha mutaxassis Mudaris Said Noʻmonxonning qizi edi.

Ularning turmushidan 4 farzand: qizi Manzura (1921-yil), oʻgʻli Akmal (1923-yil), qizi Margʻuba (1925-yil) va oʻgʻil Aslam (1928-yil) dunyoga keldi.

Oʻgʻil Akmal 1943-yilda urushga joʻnab, Vatan himoyasida halok boʻlgan.

Qolgan bolalar ogʻir turmush sharoiti va „xalq dushmanining oʻgʻli“ degan qora dogʻga qaramay, otalariga munosib boʻlib voyaga yetishgan. Onalari Vosida aya (1902—1998-yillar) ularga yaxshi tarbiya va taʼlim berishga muvaffaq boʻlgan.

Toʻngʻich qizi Manzura Hamidova (1921—2010-yillar) Oʻzbekistondagi eng yirik kardiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, xizmat koʻrsatgan fan arbobi boʻlgan.

Oʻrtancha qizi Margʻuba Hamidova (1925—2017-yillar) umumiy amaliyot shifokori boʻlib ishlagan.

Kenja oʻgʻli Aslam Hamidov Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining „Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“ kafedrasida professor boʻlib ishlagan.

  1. Sovetskaya Ensiklopediya. – 1926—1947.
  2. „Постановление ЦИК СССР от 21.05.1925. www.libussr.ru.“.
  3. „Tarixning noma'lum sahifalari“.
  4. „АГЛЯМОВ Хамид“.