Hamid Ibn Baqoxoʻja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hamid Baqoyevdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Hamid Ibn Baqoxoʻja, Hamid Baqoyev (taxminan 1880 — Buxoro — taxminan 1935) — tarixchi olim, shoir. Ikki tarixiy asar: "Tanzil al-amsal fi zikr bayan al-ahvol" ("Hollar bayoni zikridagi misollar ifodasi"; qisqacha: "Tanzil, 1928) va "Munta-xabi tarix-i Amiron-i mangʻit" ("Mangʻit amirlarining qisqacha tarixi"; qisqacha: "Muntaxab"; 1931 — 32) muallifi.

H. ibn B.ning "Tanzil" asari 4 qismdan iborat boʻlib, uning dastlabki 3 qismi Buxoroning mangʻitlar davridagi tarixini aks ettirgan. Mual-lif dastlabki mangʻit amirlari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot bergach, asosiy eʼtiborni Samarqand chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, bu yerda yuz bergan siyosiy voqealarga qaratadi. Vobkentlik savdogar Sayidboyning savdo-sotiq ishlari bilan Rossiyada boʻlishi, Buxoro amirligidagi iqtisodiy va siyosiy qoloqlik sabablari, amir Muzaffarning rus bosqiniga qarshi turish uchun harbiy yordam soʻrab Usmonli turk sultonligi, Fransiya va Angliyaga murojaat qilishi (mak-tublar yuborishi) asarda keng yoritilgan. Asarning 4-qismida Buxoro bos-qini oqibatlari va BXSR tarixi bayon qilingan.

"Muntaxab"da amir Muzaffar davridan boshlab 20-asrning 1-choragigacha Buxoro amirligida yuz bergan muhim voqealar tasvirlangan. Bu asarlarning qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.