Hamdam Sodiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sodiqov Hamdam Joʻrayevich - tarix fanlari doktori, «Oʻzbekistonning yangi tarixi» markazi direktori[1]. H.Sodiqov 1943-yil 23-dekabrda Toshkentda xizmatchi oilasida tugʻilgan.

Hamdam
Sodiqov Jo'rayevich
Tavalludi 1943-yil 23-dekabr
Toshkent
Kasbi Tarix fanlari doktori, «Oʻzbekistonning yangi tarixi» markazi direktori

O'qish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

H.Sodiqov 1961-yilda Mannon Uygʻur nomidagi 22-oʻrta maktabni tamomlagan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimida kechki kursda, soʻng 1962 – 1966-yillarda kunduzgi boʻlimda oʻqigan. U 1966 – 1967-yillarda Moskva harbiy okrugida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. Zahiradagi ofiserlar kursini bitirgan. 1970 – 1973-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi aspiranturasida oʻqigan.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

H.Sodiqov 1961 – 1962-yillarda Toshkent toʻqimachilik kombinatida mehnat faoliyatini boshlagan. U 1968 – 1970-yillarda respublika yoshlar gazetasida adabiy xodim, boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1973-yildan 1985-yilga qadar Oʻzbekiston xalqlari tarix muzeyida ilmiy xodim, soʻng boʻlim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1985 – 1996-yillarda Toshkent temir yoʻl transporti muxandislari institutida dosent lavozimida ishlagan.U 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshidagi Oʻzbekistonning Yangi tarixi markazi direktori vazifasiga tayinlangan.

Ilmiy faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

H.Sodiqov 1973-yilda “Turkiston general – gubernatorligi siyosiy-ma'muriy tuzumi” mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun disertatsiya yoqlagan. H. J. Sodiqov 1994-yilda “Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va istiqlol uchun kurash” mavzuida tarix fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertasiya yoqlagan. 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi Birlashgan Ixtisoslashgan Kengash a'zoligiga saylangan[2].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

H.J.Sodiqov rahbarligida Oʻzbekistonning yangi tarixi uch jildlik kitoblar tayyorlandi va 2000-yilda nashr etildi. U tariximizda yorqin iz qoldirgan millat qahramonlari faoliyatini matbuotda birinch marta yoritgan tadqiqotchilardan hisoblanadi. (Namoz Pirimqulov, Qurbonjon dodhoh, Muhammad Ali Eshon faoliyatini “Guliston” jurnalida yoritgan.)

Nashr etgan asarlari:

1. “Posbon”, 1988-y.;

2. “Sulton Jaloliddin Manguberdi[3]”, 1998-y. qissalarining muallifi.

3. “Asr tengdoshi”;

4. “Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida”.

5. “Koinot nigohidagi alloma”;

6. “Amir Temur hayotidagi gʻaroyibotlar”;

7. “Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati”[4] 2018-yil,

8. “Oʻzbekiston tarixi” (hammuallif).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]