Kontent qismiga oʻtish

Hal'as Kunn sanʼat galereyasi

Koordinatalari: 57°48′35″N 27°26′22″E / 57.80972°N 27.43944°E / 57.80972; 27.43944
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hal`as Kunn Art Gallery
Galerii Hal`as Kunn

Hal`as Kunn sanʼat galereyasi
Umumiy maʼlumot
Turi galereya
Shahar Obinitsa
Mamlakat Estoniya
Koordinatalar 57°48′35″N 27°26′22″E / 57.80972°N 27.43944°E / 57.80972; 27.43944

Hal`as Kunn sanʼat galereyasi, shuningdek, Kalju maja nomi bilan ham tanilgan, Estoniya janubi-sharqidagi Võru okrugida, Setomaa tumanining Obinitsa qishlogʻida joylashgan sanʼat galereyasi.

Sanʼat galereyasida zamonaviy Seto sanʼati, shuningdek, boshqa mahalliy xalqlarning mavsumiy koʻrgazmalari namoyish etiladi. Galereyada quyidagi shaxslarning ijod mahsuli taqdim etilgan: Ivanov Aleksandr (mari rassomi), Dõrin Juri (erza rassomi), Mikushev Pasha (komi), Rjabov Pjotr (erza), Mark Kostabi, Lauritsa Piitre, Toom Malev, Kalve Toomas, Margna Epp, Kiisson Lembit, Kuusing Mati ja Toomas, Riitsaar Evar, Riitsaar Raili, Gulk Albert, Navitrolla, Yürise Erki, Kalde Ove va Kalde Kalli, Puhvel Tuuli, Ijavoinen Eero, Kahusk Salme, Kahusk Päivi, Kahusk Maalile, Kahusk Maalile[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, bino Ivan Kalju ismli shaxsga tegishli boʻlgan. Ivan Kaljuning oilasi uning rafiqasi Kati va ularning olti farzandi Anna, Mariya, Alli, Sonya, Olli va Allining oʻgʻli Mihkeldan iborat edi. 1933-yilda uyning ikkinchi qavati qurilgan. Ivan uyda doʻkon ochadi. Ular uy-roʻzgʻor buyumlarini, asosan, texnika vositalarini sotishgan. 1940-yilda doʻkon milliylashtiriladi, oila aʼzolari „quloq“ deb eʼlon qilinadi. Oʻgʻil bolalar oʻldiriladi va oilaning bir qismi 1949-yilda deportatsiya qilinadi. 1945-yilda binoda Obinitsa qishloq kengashi tashkil etiladi. Shundan soʻng, binoda sut zavodi, pochta boʻlimi, vrachlik punkti, kutubxona va mahalla fuqarolar yigʻini ham faoliyat boshlaydi. Obinitsa sovxozi idorasi 1960–1995-yillar davomida binoda faoliyat yuritgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Setokunst, setokunst.ee, retrieved 10.07.2014
  2. Sillaots, Liidia Obinitsa ajast aega, Hilanamoro, 2006.

57°48′35″N 27°26′22″E / 57.80972°N 27.43944°E / 57.80972; 27.43944