Kontent qismiga oʻtish

Hai Qing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hai Qing
Tavalludi 12-yanvar 1978-yil (1978-01-12) (46 yosh)
Jiangsu, Xitoy
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1997-hozirgi kungacha

Hai Qing (xitoycha: 海清; pinyin: Hǎi Qīng; 1978-yil 12-yanvar) — Sacrifice (2010), Finding Mr. Right (2013), Operation Red Sea (2018) va Return to Dust (2022) kabi mashhur filmlarda suratga tushgan xitoylik aktrisa[1]. 2009-10-yillardagi „A Beautiful Daughter-in-law Era“ teleserialidagi roli uchun u koʻplab mukofotlarga nomzod boʻlgan, jumladan, „Eng yaxshi ayol roli“ uchun „Flying Apsaras Award“ mukofoti va „Eng yaxshi aktrisa“ uchun „Golden Eagle Award“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Hai 2013-yilda Forbes China Celebrity 100 roʻyxatida 36-oʻrinni, 2014-yilda 46-oʻrinni va 2015-yilda 57-oʻrinni egallagan[2][3][4]. 2015-yilda u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xitoydagi birinchi ayol elchisi boʻldi[5].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hai 1978-yilda Nankindagi Gulou tumanida tugʻilgan. U yetti yoshidan boshlab oʻn ikki yoshigacha, toki Jiangsu provinsiyasi teatr maktabiga kirishgacha boʻlgan vaqtda telekoʻrsatuvlarda ishtirok eta boshlagan. 1997-yilda u Pekin kino akademiyasiga qabul qilindi va oradan koʻp oʻtmay oʻzining birinchi badiiy filmi hisoblangan „Jade Goddess of Mercy“ filmida koʻrinish berdi. Oradan bir necha yil oʻtgach, „A Beautiful Daughter-in-law Era“ filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshilishdan oldin, bir qator filmlarda ikkinchi darajali rollarni oʻynadi. Hai ushbu filmdagi Guo Hai-ping roli orqali ikkita „Golden Eagle Awards“ va bitta „Flying Apsaras Awards“ mukofotlarini qoʻlga kiritdi[6].

Hai 2015-yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining HeForShe ziyofatida bosh kotib yordamchisi Lakshmi Puri tomonidan Xitoydagiga BMT Ayollar tashkilotining birinchi raqamli elchisi etib tayinlandi[5]. Bu vazifada u ayollarga nisbatan zoʻravonlikka chek qoʻyish va Xitoyda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berish uchun harakat qilishi lozim edi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Manba
2003-yil Jade Goddess of Mercy Zhong Ning [7]
2010-yil Sacrifice Cheng Yingʻs wife
2013-yil Finding Mr. Right Zhou Yi
2018-yil Operation Red Sea Xia Nan
2021-yil My Country, My Parents Astronavt
2022-yil Return to Dust Cao Guiying
2023-yil The Volunteers: To the War Lin Qiaozhi
Beyond the Clouds Zhang Guimei

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Xu Xiaodi (许晓迪) (2022). (zh)Global People (Chaoyang District, Beijing: Peopleʼs Daily) 474: 92-95. ISSN 1673-6176. 
  2. „2013 Forbes China Celebrity 100 List: Fan Bingbing in Top Spot“. JayneStars (2013-yil 24-aprel).
  3. „2014 Forbes China Celebrity List (Full List)“. Forbes (2014-yil 6-may).
  4. „2015 Forbes China Celebrity List (Full List)“. Forbes (2015-yil 13-may).
  5. 5,0 5,1 „Actress Hai Qing appointed UN Women National Ambassador for China“. UN Women (2015-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 22-noyabr.
  6. „Hai Qing“. All-China Women's Federation. Qaraldi: 2017-yil 22-noyabr.
  7. „玉观音 的全部演职员“. movie.douban.com. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]