Kontent qismiga oʻtish

Hadise

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hadise

Hadise 2011-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Hadise Açıkgöz
22-oktyabr 1985-yil (1985-10-22) (38 yosh)
Mol, Belgiya
Fuqaroligi Belgiya va Turkiya
Kasbi
Leybl
  • EMI
  • Capitol
  • Seyhan Muzik
  • Diapason
  • Pasaj
Turmush oʻrtogʻi
Mehmet Dinçerler (turm. 2022)
[1]
Janr
Faoliyat yillari 2003 – hozirgacha
Veb-sayt hadise.com

Hadise Açıkgöz (talaffuzi: Hadise Achikgoʻz; 1985-yil 22-oktabrda tugʻilgan)[3] belgiya-turkiyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va raqqosadir. U Belgiyada tugʻilib oʻsgan. Oilasining kelib chiqishi Turkiyaning Sivas viloyatidan Belgiyaga koʻchib kelgan migrantlardan hisoblanadi. 2003-yilda Hadise Idool 2003 nomli televizion koʻrik-tanlovda qatnashdi, 2005-yilda esa Sweat nomli ilk albomini chiqardi. Albomga 5 ta singl kiritilgan boʻlib, u Hadisega TMF (Belgiya) va Altın Kelebek („Oltin kapalak“) (Turkiya) mukofotlarini olib keldi.[3] Hadise oʻzining ismi bilan atalgan Hadise (2008) albomini omma eʼtiboriga taqdim etishi ortidan Belgiyada ham, Turkiyada ham mashhurlikka erishdi. Ham inglizcha, ham turkcha qoʻshiqlar kiritilgan ushbu albomdagi „Deli Oğlan“ („Telba oʻgʻlon“) ashulasi Turkiya hit-paradlarida birinchi pogʻonani egalladi.

2009-yilda Hadise Eurovision qoʻshiq tanlovida „Düm Tek Tek“ qoʻshigʻi bilan Turkiyadan vakil boʻlib qatnashdi.[4] U jami 177 ball toʻpladi va musobaqaning final bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.[5] „Düm Tek Tek“ Hadisening Belgiya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk ashulasi boʻldi. Uning keyingi ikki studiyaviy albomi — Fast Life va Kahraman — 2009-yilda chiqarildi. Kahraman albomiga kiritilgan „Evlenmeliyiz“ ashulasi Türkçe Top 20 hit-paradida yuqori oʻntalik safiga kirdi. Keyinchalik, Hadise Aşk Kaç Beden Giyer? (2011), Tavsiye (2014) va Şampiyon (2017) albomlarini ommaga taqdim etdi.

Shuningdek, Hadise The X Factor realiti-shousining Belgiya versiyasida boshlovchilik qildi,[6] O Ses Türkiye (The Voice realiti-shousining turkcha versiyasi) televizion koʻrik-tanlovida esa hakam sifatida qatnashdi.[7]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2005: Sweat
  • 2008: Hadise
  • 2009: Fast Life
  • 2009: Kahraman
  • 2011: Aşk Kaç Beden Giyer?
  • 2014: Tavsiye
  • 2017: Şampiyon
  • 2021: Aşka Kapandım

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
2003 Idool 2003 Oʻzi
2004 Idool 2004 Oʻzi
2006 Het swingpaleis Oʻzi
2006 De show van het jaar 2006 Oʻzi
2006, 2008 Zo is er maar één Oʻzi ikki qism
2006 Avrupa Yakası Oʻzi
2009 Wij van België Oʻzi
2009 Eurovision qoʻshiq tanlovi 2009 Oʻzi
2010 Zonde van de zendtijd Oʻzi
2011-present O Ses Türkiye Oʻzi Hakam
2014-2016 O Ses Çocuklar Oʻzi Hakam
2015 Survivor All Star Oʻzi
2018 Survivor 2018 Oʻzi
2018 Jet Sosyete Oʻzi 20-qism
2020 Survivor 2020 Oʻzi 44- va 86-qism
2021 O Ses Türkiye Rap Oʻzi Hakam

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Hadise ve Mehmet Dinçerler Çırağan Sarayı’nda sessiz sedasız evlendi! Davetlilere şoke eden uyarı! Hamile olduğu iddia edilmişti...“. Takvim (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 1-may 2022-yil.
  2. Serkan Uluçay. „Review: Hadise – Aşk Kaç Beden Giyer?“. EuroVisionary (2-avgust 2011-yil). Qaraldi: 9-fevral 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 „The biography“. 12-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentabr 2009-yil. . hadisemusic.com
  4. „Eurovision Song Contest – Dusseldorf 2011 | News – Turkey: It's Hadise with Düm Tek Tek“. Esctoday.com. 1-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2011-yil.
  5. „Elena, urmărită de 2,6 milioane de telespectatori la TVR“ (ro). TVR (17-may 2009-yil). 1-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2010-yil.
  6. „Hadise presenteert nieuwe reeks ' X Factor' (vtm)“. TV-visie (2-aprel 2008-yil). Qaraldi: 18-mart 2017-yil.
  7. „Turkey: Hadise to judge The Voice of Turkey“. ESC Daily (17-iyul 2011-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]