Kontent qismiga oʻtish

Habiba bint Ubaydulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Habiba bint Ubaydulloh
Turmush oʻrtogʻi Dovud ibn Urva
Ota-onasi Ubaydulloh ibn Jahsh, Ummu Habiba (Ramla bint Abu Sufyon)

Habiba bint Ubaydulloh (arab. حبيبة بنت عبيد الله) – Ubaydulloh ibn Jahsh va Ramla binti Abu Sufyonning qizi.

Habibaning otasi Ubaydulloh Muhammad alayhissalomning ayollari Zaynab binti Jahshning ukasi edi.

Otasi islomni tark etib, nasroniylikni qabul qilganligi sababli ota-onasi ajrashgandan soʻng, onasi Ummu Habiba Muhammad alayhissalomga turmushga chiqqan. Shunday qilib, Muhammad alayhissalom uning oʻgay otasiga aylanganlar. U Dovud ibn Urva ibn Mas’ud Saqafiy bilan turmush qurgan[1].

U ba’zi islomiy tarjimai hol kitoblarida “Habiba bint Ummu Habiba bint Abu Sufyon” nomi bilan qayd etilgan. Bunga otasining islomni tark etishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

  1. AlMaghrib Forums (Wayback Machine saytida 11-mart 2007-yil sanasida arxivlangan)