Kontent qismiga oʻtish

Rodanid kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(HSCNdan yoʻnaltirildi)

Rodanid kislota (tiotsianat kislota), HSCN – rangsiz, oʻtkir hidli suyuq modda. Mol. m. 59,09. Rodanid kislota va hosilalarining 2 ta struktura shakli maʼlum. R—N yoki metall ioni boʻlganda, asosan, I shaklda, organik hosilalari esa ikkala shaklda ham uchraydi. —90°dan past tradagina barqaror, —110° da oq kristall, —85°da trimer – rodanur kislota (HSCN)3 hosil qiladi. Undan yuqori tralarda polimerlanish darajasi ortadi, sariq rangdan qizil rangga va toʻq jigarrangga oʻtadi. 3 atrofida polimerlanadi. Suv, efir va spirtda yaxshi eriydi. Kuchli kislotalar jumlasiga kiradi. Bu moddada elementlarning oksidlanish darajalari: 'H+1S'-2C'+4N'-3[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil