HESA Hamaseh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
HESA Hamaseh
Rol Uchuvchisiz kuzatuv va razvedka havo apparati va Uchuvchisiz jangovar havo apparati (qurolli variant)
Milliy kelib chiqishi Eron
Ishlab chiqaruvchi Iran Aircraft Manufacturing Industrial Company (HESA)
Dizayn guruhi HESA
Birinchi parvoz No'malum
Status Xizmat faoliyatida
Asosiy foydalanuvchi Eron Qurolli Kuchlari
Ishlab chiqarilgan 2013–hozirgcha?
Seriya nomer 30 (2013)[1]

HESA Hamaseh (forscha: حماسه) Eron samolyotlarini ishlab chiqarish sanoati kompaniyasi (HESA) tomonidan iashlab chiqilgan. Yuqori parvozga hamda chidamliligiga ega Eronning taktik va razvedka uchun uchuvchisiz uchish apparati (UUA).[2] Hamaseh 2013-yilda taqdim etilgan va 2016-yilda foydalanishga topshirilgan.

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamaseh — bir dvigatelli, ikkita oʻq otish kallagiga ega UUA[3]. Hamaseh 2016-yilda Eron harbiy texnikalari safiga kirdi[3].

Hamaseh 185 kg gacha yoqilgʻi, uskunalar va foydali yukni koʻtara oladi hamda konfiguratsiyaga qarab 11 soatgacha uchishga ega[2]. U uchish-qoʻnish yoʻlagi yoki JATO orqali uchiriladi[2] va uchish-qoʻnish yoʻlagi yoki favqulodda vaziyatlarda parashyut orqali qoʻnishni amalaga oshirishga qodir[3]. Hamaseh oʻz parvozini boshqarish uchun oldindan belgilangan yoʻnalish nuqtalarini kuzatishi mumkin[2]. Uning quvvat manbai nomaʼlum[3].

Hamaseh sintetik diafragma radar, radar yoki aloqa vositalari va kamerani olib yurishi mumkin. Qurollardan, kichik bombalar, granatalar yoki raketalarni olib yurishi mumkin[3].

Operatsion tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamaseh 2013-yilda ochilish marosimida.

Hamaseh droni 2013-yil 9-mayda taqdim etilgan. Eron mudofaa vaziri Ahmad Vohidiyning taʼkidlashicha, dron „oʻzining yashirin xususiyati bilan dushman tomonidan aniqlana olmasligi mumkin“. Hamaseh taktik uchuvchisiz uchish apparati boʻlishiga qaramay, shuningdek, baland balandlikdagi uzoq vaqt chidamlilikka (HALE) ega ekanligi daʼvo qilingan[4]. Ochilish marosimida Hamaseh oʻq-dorilar bilan „jihozlangan“ edi, lekin ular texnik jihatdan qattiq burchaklari oʻrnatilmagan, qanotlari esa mahkamlangan edi[4].

2016-yilgi zamonaviy Hamaseh uchuvchisiz uchuvchi apparatning oʻzgartirilgan masshtabli modeli.

"Hamaseh " birinchi marta 2016-yil aprel oyida IRGC quruqlikdagi kuchlari tomonidan harbiy mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan[4].

2017-yilda HESA Hamasehni eksportga taklif qildi[3].

Operatorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron bayrogʻi Eron
  • Islom inqilobi gvardiyasi korpusi

Texnik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy xarakteristika

  • Uzunligi: 5.05 m (16 ft 7 in)
  • Qanotlari uzunligi: 9 m (29 ft 6 in)
  • Ogʻriligi: 1.9 m (6 ft 3 in)
  • Empty weight: 230 kg (507 lb)
  • Gross weight: 415 kg (915 lb)

Texnik imkoniyatlari

  • Maksimal tezligi: 194 km/s (121 mph, 105kn)
  • Kreyser tezligi: 165km/s (103 mph, 89 kn)
  • Toʻxtash tezligi: 110 km/s (68 mph, 59 kn)
  • Jang hoatdagi masofa: 200 km (120 mi, 110 nmi)
  • Chidamlilik: 11 soatgacha (yuk oʻgʻirligiga qarab)
  • Ishlash balandligi: 4,600 m (15,000 ft)
  • Koʻtarilish tezligi: 4 m/s (790 ft/daq)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nasim Online [@NasimOnline_Ir]. „Iran Defense Ministry: We have manufactured 30 "Hamaseh" drones so far.“ (2013-yil 6-may).
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Yuri Lyamin. „Иранская экспозиция на МАКС-2017. Часть.2“ (2017-yil 21-iyul). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "king" defined multiple times with different content
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Stephen Trimble. „Iran puts Hamaseh UAV on export market“. Flightglobal.com (2017-yil 18-iyul). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "auto" defined multiple times with different content
  4. 4,0 4,1 4,2 Gareth Jennings. „Iran debuts Hamaseh unmanned aircraft“. IHS Jane's Defence Weekly. London: IHS Jane's 360 (2016-yil 14-aprel). 2016-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "djdascvxzjre8q34hfa" defined multiple times with different content