György Kárpáti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
György Kárpáti
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 1935-yil 23-iyun
Budapesht, Vengriya
Vafot sanasi 2020-yil 17-iyun
Boʻyi 167 sm
Vazni 71 kg
Sport
Mamlakat Vengriya bayrogʻi Vengriya
Qaysi sport Suv polosi
Klubi Ferencvárosi TC

György Kárpáti (1935-yil 23-iyun2020-yil 17-iyun)[1] — 1952, 1956, 1960 va 1964-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Vengriyalik sportchi. Suv polosi boʻyicha toʻrt yoki undan ortiq olimpiya medalini qoʻlga kiritgan sakkiz erkak sportchilardan biri. Uch karra olimpiya chempioni[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kárpáti Budapeshtda tugʻilgan.1952-yilda oʻtkazilgan olimpiya oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻlgan Vengriya jamoasi aʼzolari qatorida boʻlgan. Beshta oʻyinda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga toʻrtta toʻp kiritgan.

Toʻrt yildan soʻng 1956-yilgi olimpiya oʻyinlarida yana oltin medalni qoʻlga kiritgan. Kárpáti olti oʻyinda maydonga tushgan. Kamida oltita gol urgan (Gollarining aniq soni nomaʼlum).

1960-yilgi olimpiadada Vengriya jamoasi bilan bronza medalni qoʻlga kiritgan. Toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan va beshta gol kiritgan.

Kárpáti ishtirokidagi soʻnggi olimpiada 1964-yilga Tokyo shahrida boʻlib oʻtgan. mazkur olimpiadada faoliyati davomidagi uchinchi oltin medalni qoʻlga kiritgan. 6 oʻyinda 4 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan[3].

Kárpáti yuridik sohada oʻqigan. Ammo hech qachon mazkur sohada faoliyat yuritmagan. 1964-yilda murabbiylik litsenziyasini qoʻlga kiritgan va faoliyatini boshlagan. 1970—1980-yillarda milliy terma jamoa bosh murabbiyi boʻlgan Dezső Gyarmatiga asistentlik qilgan. Murabbiy sifatidagi asosiy yutugʻi 1976-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlariga togʻri kelgan. Mazkur olimpiya oʻyinlarida Vengriya terma jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritgan[4].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

György Kárpáti uzoq davom etgan kasallikdan keyin 2020-yil 17-iyun kuni 84 yoshida vafot etdi[5]. 2-iyul 2020 kuni Farkasréti qabristoniga dafn etilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Hungarian water polo champ Karpati dies at 84“. ESPN.com (2020-yil 17-iyun).
  2. „Country Medal Leaders & Athlete Medal Leaders“. sports-reference.com. Sports Reference. 2020-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Karpati. „Three-time Olympic water polo champion Gyorgy Karpati dies at 84“. japantimes.co.
  4. „György Kárpáti“. olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
  5. „Three-time Olympic Champion Water Polo Player György Kárpáti Dies Aged 84“. hungarytoday.hu (2020-yil 18-iyun). Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
  6. „Végső búcsút vettek Kárpáti Györgytől“. VLV - Magyar vízilabda-válogatott.