Gurg‘un Bektemirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bektemirov Gurg‘un Uchar — 6656-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan. 1892-yili tug‘ilgan, Stalin rayoni Qoratepa qishlog‘idan, sobiq quloq. O'tmishda bosmachilar to‘dasining faol yigiti. Paxta tayyorlash bo‘yicha topshiriqni bajarmagani va kolxozchini o‘ldirishga tajovuz qilgani uchun 2 marta sudlangan, jazoni o‘tagan. Hibsga olingan paytda mashg‘uloti aniq bo‘lmagan. Qamoq jazosini o‘tab lagerdan qaytgach o‘z uyida ko‘ngil ochar o‘yinlar tashkil etganlikda, nasha sotish bilan shug‘ullanganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 82 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.