Kontent qismiga oʻtish

Gulchehra Asronova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulcheha Asronova— 1968-yil 29-mart kuni Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti (hozirgi Agrar universitet)ning Oʻsimliklarni himoya qilish fakultetini tamomlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulchehra Asronova oʻzining ijodiy faoliyatini 2002-yilda Fargʻona viloyat xotin-qizlarining „Oydin“ gazetasida muxbirlik vazifasida boshlagan. Hozirda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida murabbiy vazifasida, shuningdek, „Qalb sadosi“ gazetasida muxbir lavozimida ishlaydi. 2012-yildan buyon uyushmaning viloyat boʻlimi qoshida tashkil etilgan „Oltin qalam“ toʻgaragini nasr yoʻnalishi boʻyicha ustozlik qiladi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Ota uyim oqshomlari“ (2012), „Osmonini topgan qush“ (2013), „Ostonangda turibman dunyo“ (2019) nomli hikoyalar toʻplamlari nashrdan chiqqan. Birinchi kitobiga Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov soʻzboshi yozib, adibaning ijodini gʻoyat samimiyat bilan ijobiy baholagan. Adibaning hikoyalari oʻzbek nasri onlayn antologiyasi, shuningdek, oʻzbek adabiyotiga dohil boʻlgan bir nechta saytlarga joylashtirilgan. Ijod namunalari rus, qirgʻiz tillariga oʻgirilgan. Yaqinda „Necha kunki, yoʻq oromim…“ nomli hikoyasi nemis tiliga tarjima qilinib, „Amarantus“ adabiy agentligi tomonidan Germaniyada chop etildi.