Gul pocho ulfat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gul pocho ulfat (1909, Lagʻmon -1977, Kobul) — afgʻon shoiri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. Pashtu (afgʻon) va forsi-kobuliy (dariy) tillarida ijod qilgan. Afgʻon akademiyasi adabiyot boʻlimi mudiri (30-y.lar 2-yarmi), prezidenti (1956—62). Sheʼriy ("Afgʻon qoʻshiqleri", 1946; "Saylangan sheʼrlar", 1954 va b.), nasriy ("Tanlangan hikoyalar", 1957 va b.) va adabiyotshunoslikka doir ("Yozuvchilik mahorati", 1961 va b.) koʻplab asarlari nashr qilingan. Ularda adib xalqlar doʻstligini ulugʻlagan. Osiyo-Afrika yozuvchilari Toshkent konferensiyasi (1958)da ishtirok etgan. Uning "Begunoh mahbus", "Hayot sozi", "Ajib inson", "Dono maslahat", "Kelgusi kun", "Ey, zindonchi" kabi hikoyalari, "Men shundayman", "Juldur kiyingan sohibjamol" (1970) va b. sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Begunoh mahbus (hikoyalar), T., 1963.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil