Vyacheslav Grinchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vyacheslav Aleksandrovich Grinchenko (1938.21.9, Harkov viloyati, Krasnograd shahri) — opera xonandasi (bas). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971), Oʻzbekistan xalq artisti (1974). Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1966 — 85), 1985-yildan Moskva filarmoniyasi yakkaxoni. Don Karlos (J. Verdi, "Don Karlos"), Boris (M. Musorgskiy, "Boris Godunov"), don Bazilio (J. Rossini, "Sevilya sartaroshi"), Konchak, knyaz Galitskiy (A. Borodin, "Knyaz Igor"), Vojak (A. Xolminov, "Hayotbaxsh oʻlim"), Pyotr I (A. Petrov, "Pyotr Birinchi") va b. partiyalarning moxir ijrochisi. G. keng diapazonli va kuchli ovoz sohibi. Har bir obrazni haqqoniy ifoda etishga intiladi. Oʻzbekiston kompozitorlari (G. Mushel, B. Giyenko, A. Berlin va b.)ning kamer-vokal asarlarini ijro etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil