Griffit Deyvid Uork

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GRIFFIT (Griffi th) Deyvid Uork (1875.22.1, La Greynj - 1948.23.7, Gollivud) — amerika kinorejissyori. AQSH kinosida aktyorlik maktabiga asos solgan. Kinoda 1907 y.dan ishlagan. 1913 y.dan Gollivudda ijod qilgan. Muqim va tushunish oson boʻlgan usul sifatida parallel montaj va yirik planni birinchi boʻlib qoʻllagan, kinoni suratga olish texnikasini qayta qurgan. G.ning gʻoyaviy jihatdan bir-biriga qaramaqarshi ijodi namoyon boʻlgan: "Millatning tugʻilishi"da irqchilik tendensiyasi ilgari surilgan boʻlsa, "Jahon yuragi" filmida esa oq va qora tanlilar birligi olqishlanadi. "Chidamsizlik" kinosida axloq-odob va etik muammolar koʻtariladi. Shuningdek, "Sindirilgan novdalar", "Sharq tomon yoʻl", "Ikki yetimcha" filmlari ham G. ijodida alohida oʻrin tutadi. 1931 y. kinoni tark etgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil