Gratt-Pay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gratt-Pie (fransuzcha: Gratte-Paille — fransuz yumshoq pishloq navlaridan biri. Sigir sutidan tayyorlanadi oq penitsillin qobigʻiga ega boʻladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu pishloqning retsepti 1970-yillarda Seine-et-Marne mintaqasidagi moy zavodida ishlab chiqilgan. Pishloq nomi ikki soʻzdan iborat: Gratte — qirindi va Paille — somon[1][2].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu pishloq Seine-et-Marne mintaqasida yil davomida qoʻlbola usulda tayyorlanadi. Pishloq tayyorlash uchun qaymoq bilan boyitilgan sigir sutidan foydalaniladi[3]. Taxminan uch-toʻrt hafta davomida saqlanadi, tayyor boʻlishga yaqin qolganida pishloq boʻlaklari somon boʻyralariga joylashtiriladi[1][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chorqirra shaklidagi pishloq uzunligi 8-10 santimetr, kengligi 6-7 santimetr, balandligi 6-7,5 santimetr va ogʻirligi 300 dan 350 grammgacha boʻladi. U tabiiy yupqa oq mogʻor qobigʻi bilan qoplangan, qobigʻida pishloq tayyor boʻlayotgan vaqtda joylashtirilgani bois somon boʻyralarining naqshlari ham bor. Qobiq ostida yogʻlilik darajasi yuqori, taxminan 70 %[1][4] boʻlgan zich yogʻli magʻiz mavjud.

Pishloqning toʻyingan yumshoq sutli taʼmga ega. Baʼzida ushbu pishloq taʼmi va muattar hidida yovvoyi qoʻziqorinni eslatuvchi maza bor. Tovuq va sabzavotli taomlarning bir qismi yoki alohida yegulik sifatida isteʼmol qilinadi. Yangi qulupnay, shampan va qizil vinolar, ayniqsa Bordo vinolari[1][4] bilan yaxshi tanovul qilinadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Джульет Харбатт 2012.
  2. „Gratte-Paille“ (inglizcha). cheese.com. Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  3. Troynaya porsiya slivok.
  4. 4,0 4,1 4,2 Французские сыры: иллюстрированная энциклопедия 2003.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Masui K., Yamada T. Fransuzskie siri : illyustrirovannaya ensiklopediya = [French Cheeses] / Kazuko Masui, Tomoko Yamada; vstup. sl. J. Robyushon; per. s angl.: S. Sapronov; foto Y. Maruyama. — SPb. : Izd. dom „Neva“, 2003. — 240 s. — (A Dorling Kindersley Book). — ISBN 5-7654-2333-7.
  • Джульет Харбатт. . ISBN 978-5-93679-168-0.