Gramenitskiy Sergey Mixaylovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gramenitskiy Sergey Mixaylovich (1859.6.9—1919.5.2) — rus maʼrifatparvari. 1881 y. Peterburg untini tugatib, dastlab Toshkent erlar gimnaziyasida (1881), soʻngra (1882—93) Toshkent qizlar gimnaziyasida mat., kosmografiyadan dars bergan. 1892— 1912 y.larda Sirdaryo viloyati xalq bilim yurtlari direktori —bosh inspektor. G. oʻqitish usullari va mazmunini takomillashtirish tarafdori boʻlgan, darsda koʻrgazmali qurollardan foydalanishni keng targʻib qilgan. Uning rahbarligida Turkistondagi rus-tuzem maktablari uchun darslik va dasturlar tuzilgan, oʻzi rus-tuzem maktablari uchun darslik va qoʻllanmalar yozgan. Bulardan asosiysi — 3 qismdan iborat "Kniga dlya chteniya" ("Oʻqish kitobi") kitobi. G. oʻz darsliklari uchun 1900 y.da Parij koʻrgazmasining kumush medali bilan taqdirlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil