Goy
Goy (ko‘pligi goyim) - “Tavrot”da ushbu so‘z “xalq” degan ma’noni anglatib, yahudiylar yoki boshqa xalqlarning barchasi “goylar” deb yuritilgan. O'rta asrlarga kelib goy atamasi yahudiylik manbalarida aksar holda boshqa xalqlarga nisbatan qo'llanila boshlandi va o‘zining ilk ma’nosini o‘zgartirdi. Hozirda yahudiylardan boshqalar, ya’ni boshqa din vakillarini ifodalaydi. Bibliyada ushbu atama bir shaxsga nisbatan qo'llanilmaydi, aksincha, 620 marta ko‘plik (goyim), 136 marta birlik (goy) shaklida uchraydi[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 140.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.