Govimtoʻp qishlogʻi
Qiyofa
Govimtoʻp qishlogʻi – Navoiy viloyati, Navbahor tumanida joylashgan qishloq.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimiy Burqut urugʻlari istiqomat qiluvchi kichik qishloqlarning biri. Baʼzilar bu nomni sigirxona yoki molxona tarzida izohlashi dastlabki va yuzaki taassurot boʻlib, mantiqan notoʻgʻri yondoshuvdir. Atamaning birinchi qismidagi „gov“ soʻzi tojik tilida „chuqur, past joy“ maʼnosida qoʻllangan[1]. Shunga koʻra Govimtoʻp „chuqur joydagi qishloq“, „boshqa qishloqlarga nisbatan pastroqda joylashgan aholi turajoyi degan maʼnoni anglatadi“[2].