Gobaojou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gobaojou (xitoycha: 锅爆肉, shuningdek Guo bao rou) — xitoy oshxonasi taomi boʻlib, kraxmalda qovurilgan choʻchqa goʻshti nordon-shirin sous bilan tortiladi[1]. Taom Xitoyning shimoli-sharqiy qismi va, xususan, Xarbin shahri uchun xosdir[2].

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taom 1907-yilda Xarbinlik oshpaz Chjen Ven[1] tomonidan Xitoyning Sharqiy temir yoʻli qurilishi munosabati bilan shaharga kelgan ruslar uchun ixtiro qilingan. Taomni tayyorlash gʻoyasi uning xotinidan chiqqan, xotinining millati rus boʻlgan. Pekin taomi „qovurilgan choʻchqa goʻshti boʻlaklari“ asos qilib olingan, unga oshpaz shakar qoʻshib, taomning taʼmini shoʻrdan shiringa oʻzgartirgan, shunda u rus mehmonlarining didiga mos boʻlgan[2].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taomning asosiy masalliqlari choʻchqa goʻshti, kraxmalli klyar, shakar va sirkadan tayyorlangan sousdir. Kraxmalli choʻchqa goʻshti birinchi navbatda oʻrta olovda, keyin yuqori olovda qovuriladi. Shundan soʻng, u shirin-nordon sousda bilan tortiladi, odatda tarkibida sirka (uni ketchup bilan almashtirish mumkin) va eritilgan shakar mavjud. Tayyor taom qahrabo rangga ega[1], chaynalganda esa aniq qarsillashi eshtiladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „«Гобаожоу»“. Международное радио Китая (17-avgust 2020-yil). 10-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 „Гобаожоу - харбинское блюдо с русской историей“. Байкал Медиа (27-noyabr 2018-yil). 10-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.
  3. „О харбинском блюде "Гобаожоу" и русском вкусе“. Российская газета (28-noyabr 2018-yil). 10-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.