Goʻshtasp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Go‘shtaspdan yoʻnaltirildi)

Goʻshtasp (yunon manbalarida "Hustosb", Avestopya "Vishtaspa") — kayoniyyaar sulolasining beshinchi xukmdori, Eron podshohi Luhrospning ugli va taxt vorisi. Rivoyatlarga koʻra, G. davrida Zardusht oʻz diniy taʼlimotini targʻib etishga kirishgan. G. uni saroyga chorlab zardushtiylikni qabul qilgan va bu dinni davlat dini, deb eʼlon qilib, mamlakatda koʻplab otashkadalar qurdirgan, Avestoni oltin taxtachalarga yozdirib, markaziy ibodatxonaga qoʻyishni buyurgan. Arjasp Eronga bostirib kirib, Luxrospni katl etgach, G. otasining oʻchini olmoq uchun oʻgʻli Isfandiyoria katta qoʻshin bilan Turonga joʻnatgan. Isfandiyor gʻalaba bilan qaytgach, G.dan taxtni talab qilgan. Shunda G. Isfandiyordan qutulish maqsadida uni Rustamni bandi qilib keltirmoq uchun Seyistonga yuborgan, ammo Rustam jangda gʻolib kelib Isfandiyorni oʻldirgan. Shundan soʻng, G. bir qancha vaqt hukmdorlik qilgach, taxtni uz ixtiyori bilan nabirasi Bahmanga topshirib, toat-ibodat bilan mashgʻul boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil