Goʻsht-suyak uni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Go‘sht-Suyak Unidan yoʻnaltirildi)

Goʻsht-suyak uni - oqsil mineralli ozuqa. Goʻshti yeyishga yaroqsiz deb topilgan hayvonlar goʻshtini goʻsht kombinatlarida maxsus kamerada yuqori qarorat va havo bosimida quritib tayyorlanadigan (un qilingan) ozuqa. 1 kg G.-s.u.da, 1,04 ozuqa birligi, 900 g quruq modda, 400 g tozalanmagan va 341 g hazmlanuvchi protein, 21,7 g lizin va 8,8 g metioninsistin aminokislotalari bor. Shuningdek, G.-s. u. kalsiy, fosfor, mikro-elementlarga, V guruhi vitaminlariga boy. G.-s.u. asosan choʻchqalar, parrandalar, moʻynali hayvonlar ratsioniga, shuningdek, turli aralash yogʻlarga toʻyimliligini oshirish uchun qoʻshiladi. Baliq ovlash flotlari ovlaydigan dengiz hayvonlari goʻshtidan ham G.-su. tayyorlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil