Reyngold Glier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Glier Reyngold Moritsevichdan yoʻnaltirildi)

Reyngold Moritsevich Glier [1874.30.12(1875.11.1), Kiyev -1956.23.6, Moskva] — kompozitor, musiqa arbobi, dirijyor, pedagog. Ozar-bayjon (1934), Rossiya (1935), Oʻzbekistan (1937) xalq artisti, professor (1913), sanʼatshunoslik doktori (1941). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1900).

"Lolaqizgʻaldoq" (1927, 2-tahrirda "Qizil gul"), "Mis chavandoz" (1949) kabi baletlar, ovoz va orkestr uchun konsert, simfoniyalar, romanslar va b. muallifi. G. rus mumtoz musiqa anʼanalarini davom ettirib, oʻz ijodida turli xalqlar (rus, ukrain, ozarbayjon, oʻzbek, buryat-mongol va b.) musiqa merosiga izchil murojaat etgan. U 1920-yillari Ozarbayjonda, 1930—40 y.lari Oʻzbekistonda barakali ijod qilib, "Shohsanam" operasi (1927), "Gulsara" (1936, T. Jalilov va T. Sodiqov bilan hamkorlikda) musiqali dramasi, T. Sodikrv bilan birgalikda "Layli va Majnun" (1940), "Gulsara" (1949) operalarini yaratgan. Shuningdek, "Alisher Navoiy" filmiga musiqa, oʻzbek kuylari asosida "Tantanali" (1937), "Fargʻonacha bayram" (1940) simfonik uvertyuralari, qator romans va b. asarlar ijod etgan. Oʻzbek milliy mavzusidagi asarlarida G. xalq musiqa merosi boyliklaridan unumli foydalangan. Toshkentdagi Respublika oʻrta maxsus musiqa internat maktabi, Oʻzbekiston Respublikasidagi bir necha bolalar musiqa maktablari G. nomiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Veksler S, Glier i oʻzbekskaya muzika, T., 1981.