Gidrofobiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrofobiya (gidro — suv va yun. phobos —choʻchish, qoʻrqish), suvdan choʻchish —qoʻrquv holati; bemorga bir qultum suv ichirilsa, suv koʻrsatilsa yoki suv eslatilsa, uning yutish muskullari tortishib qoladi, u qattiq choʻchib tushadi va ogʻriq sezadi. Quturish, qoqshol, isteriyada kuzatiladi. Davosi: asosiy kasallik davolanadi, asabiy-ruhiy qoʻzgʻalishni bosadigan dorilar buyuriladi.