Gershvin Jorj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GERSHVIN (Gershwin) Jorj (1898.26.9, Nyu-York -1937.11.7, Beverli-Xils, Kaliforniya) —amerika kompozitori va pianinochi. Milliy opera asoschisi, simfonik jaz uslubining namoyandasi. 25 yoshida estrada musiqasi (jaz qoʻshiqlari, myuzikl, revyu) ustasi sifatida butun Amerika va Yevropada tanilgan. Keyinchalik simfonik va konsert musiqasi, opera janriga murojaat etib, oʻziga xos uslub yaratgan. Unda jaz, amerika folklori (blyuz, regtaym, spirichuel), musiqiy estrada ohanglari bilan Yevropa kompozitorlik ijodiyoti shakllari uygʻunlashgan. 300 ga yaqin qoʻshiq, bir nechta myuzikl, konsert, simfonik va fortepiano asarlari, kinofilmlarga musiqalar yozgan. "Blyuz uslubida rapsodiya"si (1924), "Porgi va Bess" operasi (1935) mashhur boʻlib, ikkalasi ham Oʻzbekistonda ijro etilmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil