Gersen Aleksandr Ivanovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gersen Aleksandr Ivanovich (taxallusi Iskandar) [1812.25.3 (6.4), Moskva —1870. 9(21 ).1, Parij; Nitssada dafn qilingan] —rus adibi, publitsist, faylasuf, revolyutsion-demokrat. Moskva universitetini tugatgan (1833). 1836 y.dan Iskandar taxallusi bilan matbuotda qatnashgan. Londonda "Erkin rus bosmaxonasi"ni tashkil etgan (1853). "Fanda yuzakilik" (1842-43), "Tabiatii oʻrganish haqida maktublar" (1845—46) asarlari rus materialistik falsafasi anʼanalarining qaror to-pishi va taraqqiyotida salmokdi oʻrin tutadi.

G. V. G. Belinskiy izidan borib, sanʼatda tanqidiy realizm tamoyillarini qoʻllab-quvvatlagan. Sanʼatning hayot bilan uzviy bogʻliqligini taʼkidlab, ilgʻor gʻoyalarni targʻib etishda adabiyotni siyosiy minbar deb hisoblagan. "Sanʼat sanʼat uchun" degan nazariyaga, shuningdek naturalizmga qarshi kurashgan. "Kim aybdor" (1841-46), "Doktor Krupov" (1847), "Oʻgʻri zagʻizgʻon" (1948) asarlari muallifi. "Kechmish va oʻylar" avtobiografik asari (1852—68) G. badiiy ijodida markaziy oʻrin tutadi. Asar Rossiyada inqilobiy harakat tarixini real va badiiy yoritib bergan.

G.ning ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Oʻgʻri zagʻizgʻon", 1955).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil