Herpes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gerpesdan yoʻnaltirildi)

Herpes (lotincha: herpo —oʻrmalab yurmoq), viruslar qoʻzgʻatadigan kasallik, bunda badanning turli qismida teri qizarib, gʻuj-gʻuj mayda pufakchalar hosil boʻladi. Kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchi hisoblanib, sogʻlom kishiga ular bilan muloqotda boʻlganda yuqadi. Sovuqqotish, shamollash, intoksikatsiya, infeksion kasalliklar (gripp, zotiljam va boshqalar) oqibatida paydo boʻlishi mumkin. Oddiy va oʻrab oluvchi herpes farq qilinadi. Oddiy herpes bilan bir yoshgacha boʻlgan bolalar deyarli ogʻrimaydi (onadan oʻtgan immunitet hisobiga); keyinchalik immunitet kuchi susayib, qulay sharoit tugʻilsa, kasallik roʻy berishi mumkin (yangq.Uchuq).Oʻr a b oluvchi yoki belbogʻsimon herpes (herpes zoster)HH filtrlanuvchi neyrotrop virus qoʻzgʻatadi (varicella zoster); u oʻzining juda koʻp xususiyatlari bilan suvchechak virusiga oʻxshab ketadi, shu bois adabiyotlarda herpesning bu xilini suvchechak virusi qoʻzgʻatadi deyiladi. Kasallikning inkubatsion davri 7-8 kun, mustaqil yoki biror boshqa kasallik (zotiljam, plevrit va boshqalar) asorati sifatida namoyon boʻlishi mumkin. G.ning bu turi faqat katta yoshli kishilarda uchraydi. Bunda badanning muayyan nervi yoki nerv tarmoklari boʻylab giperemiyalangan sohaga, aksariyat tananing bir tomoniga pufakchalar toshadi. Toshmalar toshishidan oldin bemorning koʻngli behuzur boʻlib, boshi ogʻriydi, biror nerv poyasi boʻylab tutib-tutib turadigan ogʻriq hamda xuddi shu joylarning achishib turishi kuzatiladi. Pufakchalar poʻsti qattiq, ichi tiniq suyuqlikka toʻla boʻladi, bora-bora suyuqlik loyqalana boshlaydi. Pufakchalar bir-biriga qoʻshilib, qator joylashadi, ular atrofi qizarib turadi. Pufakchalar koʻz, quloq, qovurgʻalararo nervlar, shuningdek boʻyin, bel nervlari va nerv tarmoklari boʻylab toshadi. herpes toshgan soha qattiq tortishib ogʻriydi, pufakchalar yorilib qoʻngʻir qora qoʻtir poʻstlar hosil boʻladi. 2—3 haftada kasallik alomatlari yoʻqolib, bemor tuzaladi, baʼzan pufakchalar davriy ravishda yangidan toshib turishi mumkin. Toshmalar yoʻqolib ketgach, shu joylarda muskullar parez" va nevralgiya seziladi. Pufakchalar oʻrnida ikkilamchi giperpigmentli dogʻlar, ogʻir shakllarida esa chandiqli yoki atrofiyali oʻzgarishlar qoladi. Kasallik yengil kechganda oʻz-oʻzidan tuzalib ketishi ham mumkin. Oʻrab oluvchi herpes ogʻirroq kechganida bemor iloji boricha oʻrinda yotib vrach nazorati ostida davolaiishi lozim. Bemorning yoshiga qarab autogemoterapiya, gammaglobulin, antibiotiklar, vitaminlar, fizioterapiya (ultratovush, diatermiya va hokazo) va mahalliy muolajalar (malhamlar) buyuriladi. Herpesning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, mavsumga qarab kiyinish (sovqotmaslik yoki juda isib ketmaslik), shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil