Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti | |
---|---|
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti | |
Turi | pasport |
Kim tomonidan berilgan | Germaniya Demokratik Respublikasi |
Maqsad | shaxsni tasdiqlash |
Muvofiqligi | Germaniya Demokratik Respublikasi fuqaroligi |
Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti (shuningdek, Sharqiy Germaniya fuqarolik pasporti) — sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi (odatda Sharqiy Germaniya deb ataladi) fuqarolariga xalqaro sayohat qilish uchun berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat. 1990-yil oktyabr oyida Germaniya qayta birlashganidan barcha Germaniya fuqarolariga Germaniya pasportlari berildi.
Umumiy maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1989-yilgi Washington Post xabariga koʻra, Sharqiy nemislarning atigi 25 foizi pasport egalari edi[1].
1957-yilda Sharqiy Germaniya pasporti qonuniga koʻra, Sharqiy Germaniya fuqarolari chet elga, shu jumladan Gʻarbiy Germaniya va Gʻarbiy Berlinga sayohat qilish uchun viza olishlari shart edi[2]. Sharqiy Germaniyadan tashqariga ruxsatsiz sayohat qilganlik uchun jazo qamoq edi[3].
Ular sayohatdan qaytganlaridan soʻng, pasportlar topshirilishi kerak edi.
Pasport turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pasportlarning kamida toʻrt turi mavjud edi: chet davlat, xizmat, standart va diplomatik[4][5]
Standart pasportlar ko‘k rangda bo‘lsa, chet davlat va xizmat pasportlari yashil rangning turli tuslarida bo‘lgan. Diplomatik pasportlar qizil rangda edi.
Tillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Germaniya pasportlarida nemis, fransuz, ingliz va rus tillaridagi matn mavjud edi. Biroq, 1988-yilda yoki shu yil atrofida qayta koʻrib chiqilgandan soʻng, ingliz tili pasportdan olib tashlangan.
Pasport yozuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Germaniya pasportlarida quyidagi yozuv mavjud edi:
- Tashqi ishlar vazirligi mamlakat ichkarisida va xorijdagi barcha organlardan ushbu pasport egasiga erkin sayohat qilishiga ruxsat berishni hamda unga har qanday yordam berliishini va himoya qilinishini soʻraydi.
1989-yil oxiridan mamlakatning 1990-yil oktyabrida qulashigacha chiqarilgan versiyalarda eslatma yoʻq.
Qayta birlashgandan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yil oktyabr oyida qayta birlashgandan soʻng, Birlashish shartnomasi Sharqiy Germaniya pasportlari 1995-yil 31-dekabrgacha amalda boʻlishini koʻrsatdi[6]. Ushbu sanadan keyin Sharqiy Germaniya pasportlari identifikatsiya qilish uchun yaroqsiz boʻlib, fuqarolar nemis pasportlaridan foydalanishlari kerak edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ McCartney, Robert J.. „East Germany Opens Berlin Wall And Borders, Allowing Citizens To Travel Freely To The West“. The Washington Post (1989-yil 10-noyabr).
- ↑ The Routledge Handbook of the Cold War Kalinovsky: . Routledge, 2014. ISBN 978-1-315-88228-4.
- ↑ „Aftermath 1949 -- 1959“. Harry S. Truman Presidential Library & Museum. — „1957: Yangi pasport qonuni Sharqiy Germaniya chegaralaridan tashqariga ruxsatsiz sayohat qilgan har bir kishi uchun uch yillik qamoq jazosini nazarda tutadi...“. 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „East German Passport Types“. Passport-collector.com (2011-yil 20-avgust).
- ↑ „The Passport of the German Democratic Republic (GDR)“. Passport-collector.com. 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „Paßgesetz der Deutschen Demokratischen Republik“ (de). — „Einigungsvertrag vom 31. August 1990 (BGBl. II S. 889) mit der Maßgabe, dass die ausgestellten Pässe bis spätestens zum 31. Dezember 1995 in Geltung bleiben“. 2005-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |