Georgiy Beregovoy
Georgiy Timofeevich Beregovoy (1921-1995) - ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944, 1968). SSSRda xizmat koʻrsi: ovchi uchuvchi (1961). 1943-yildan KPSS Voroshilovgrad (Lugansk) Harbiy uchuvchilar maktabini tugatgan (1941). Ulugʻ Vatan urushida qiruvchi aviatsiya eskadrilyasining komandiri boʻlgan. 1956-yilda Harbiy-havo (hozirgi Yu. A. Gagarin nomidagi) akademiyasini tugatgan. 1948—64 yillarda sinovchi uchuvchi boʻlib ishlagan. 1964-yildan kosmonavtlar otryadida. 1968-yil 26—30-oktabrda «Soyuz-3» kosmik kemasida Er atrofini 64 marta aylandi. 95 soat davom etgan uchish davrida kemani orbitada bir necha marta manyovr qildirib, «Soyuz-2» kosmik kemasiga ikki marta yaqinlashtirdi. Beregovoy 2 marta Lenin ordeni, 2 marta Qizil Bayroq ordeni va boshqa orden, medallar bilan mukofotlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbek sovet ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |