George Vella

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sebastian Kurz George Vella Federica Mogherini April 2017 (34279674916) (cropped).jpg
Malta Respublikasi Prezendenti
Mansab davri
2019-yil 4-aprel — hozirgacha
Hukumat boshligʻi Robert Abela
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-aprel 1942-yil (1942-04-24) (81 yosh)
Malta
Siyosiy partiyasi Mehnat partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Miriam
Bolalari 3
Maʼlumoti Malta Universiteti

George William Vella (1942-yil 24-aprelda tugʻilgan) — Maltalik siyosatchi, 2019-yildan buyon Malta prezidenti boʻlib faoliyat yuritgag[1]. Leyboristlar partiyasi aʼzosi, u avval Malta Bosh vaziri oʻrinbosari va 1996-yildan 1998-yilgacha Bosh vazir Alfred Sant davrida tashqi ishlar vaziri boʻlib ishlagan. 2013-yilda u tashqi ishlar vaziri lavozimiga qaytadi, u 2017-yilgacha Bosh vazir Jozef Maskat boshqaruvida ishlagan[2][3].

Erta hayoti va oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vella 1942-yil 24-aprelda Jeytun shahrida tug‘ilgan va u yerda boshlang‘ich taʼlimni olgan[4]. Vella 1964-yilda Malta Qirollik universitetining tibbiyot va jarrohlik fakultetini tamomlagan va malakali shifokor boʻlgan. U Buyuk Britaniyaning Farnboro shahridan aviatsiya tibbiyoti sohasi boʻyicha sertifikat oldi va 2003-yildan buyon tibbiyot boʻyicha mutaxassis hisoblanadi[5]. 1966 va 1973-yillar orasida Malta quruqlik qoʻshinlarida tibbiyot xodimi boʻlib ishlagan. Shundan soʻng, u Malta havo kuchlarida tibbiyot xodimi va aviatsiya tibbiyotida maslahatchi boʻlib ishladi.

U Miriamga uylangan[6] va ular birga ikki qiz va bir oʻgʻil, yetti nabirali boʻlishgan[7][8].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat partiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vella Leyboristlar partiyasiga 1976-yilda qoʻshildi va parlamentdagi faoliyatini boshladi[9]. Keyin u 1978-yil yanvar oyida va 1981, 1992, 1996, 1998, 2003, 2008 va 2013-yillardagi umumiy saylovlarda parlament aʼzoligiga saylangan. Parlament aʼzosi sifatida u 3 va 5-okruglarni vakili boʻladi[10][11].

1978-yilda Vella Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasining oʻrinbosar aʼzosi va Yevropaning mahalliy va mintaqaviy hokimiyatlari konferensiyasida (CLRAE) dengiz manbalaridan dengizning ifloslanishi boʻyicha maʼruzachi boʻlgan[12]. 1987-yilning yanvaridan mayigacha u Maltaning Yevropa Kengashidagi doimiy vakili sifatida ishlagan[13].

1992-yilda Vella Leyboristlar partiyasi rahbarining parlament ishlari boʻyicha oʻrinbosari va tashqi ishlar boʻyicha matbuot kotibi etib saylandi va 2003-yilgacha bu vazifani bajardi[14]. U Yevropa Ittifoqi Malta qo‘shma parlament qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan[15][16]. 1995-yildan 1996-yilgacha Vella Vakillar palatasining biznes qoʻmitasi va tashqi ishlar boʻyicha parlament qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan[2].

Bosh vazir oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vella Bosh vazir oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan

U 1996-yilning oktyabrida[17] va yana 2013-yilning martida bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar va atrof-muhitni himoya qiluvchi harakatlar vazirligining vaziri etib tayinlangan va 2017-yilning iyunigacha xizmat qilgan[18].

Vella Birlashgan Millatlar Tashkilotini demokratik isloh qilish va yanada mas’uliyatli xalqaro siyosiy tizimni yaratish uchun kompaniya olib boruvchi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Parlament Assambleyasini tashkil etish kampaniyasini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[19].

Malta prezidenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil boshida Vella Maltaning navbatdagi prezidenti boʻlishi taxmin qilingan edi.[20] Vella oʻsha paytda hukmron Mehnat partiyasi, shu jumladan muxolifatdagi Millatchilar partiyasi tomonidan Malta prezidenti lavozimiga nomzod qilib koʻrsatilgan edi[21][22]. Demokratik partiya Vella nomzodini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi[23]. Parlamentdagi ovoz berish 2019-yil 2-aprelda boʻlib oʻtdi, parlament aʼzolari Vellaning yagona nomzod etib tayinlanishini maʼqullash uchun ovoz berishdi[24]. Tayinlashdan keyin Vella 2019-yil 4-aprelda prezident sifatida rasmiy qasamyod qabul qildi, bu sanada 1989-yildan beri har bir oldingi Malta Prezidenti inauguratsiya qilingan edi[25][26].

Unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 Malta:

  • MLT National Order of Merit BAR.svg Milliy xizmatlari uchun ordeni (KOM) [27]
  • MLT National Order of Merit BAR.svg Grand Master va Faxriy xizmatlari uchun milliy ordeni, Malta.
  • MLT Xirka Gieh ir-Repubblika BAR.svg Xirka Ġieħ ir-Repubblika grossmeysteri 

Xorijiy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 Greece:

  • GRE Order of Honour Grand Commander BAR.png Buyuk qoʻmondonlik faxriy ordeni (Gretsiya) [28]

 San Marino:

  • SMR Order of Saint Agatha - Grand Cross BAR.png Avliyo Agata (San-Marino) ordeni ritsarining Buyuk xochi[29].

 UK:

  • UK Order St-Michael St-George ribbon.svg Sent-Maykl va Sent Jorj ordeni faxriy ritsar qoʻmondoni (Birlashgan Qirollik) [30]

 Malta:

  • OPMM-gc.svg Grand Cross pro merito melitensi pro Merito Melitensi ordeni (Malta suveren harbiy ordeni)[31]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Scicluna, Luke. „George Vella approved as Malta's next President“. Times of Malta (2-aprel 2019-yil). Qaraldi: 2-aprel 2019-yil.
  2. 2,0 2,1 „The Minister“. 6-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  3. „Minister of Foreign Affairs - Maltese Consulate“. 19-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.
  4. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt.
  5. „George Vella Biography“. www.gov.mt.
  6. „Who is Dr George Vella? - TVM News“ (en-US). TVM English. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  7. „The Minister“. 6-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  8. „Minister of Foreign Affairs - Maltese Consulate“. 19-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.
  9. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt.
  10. „The Minister“. 6-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  11. „Minister of Foreign Affairs - Maltese Consulate“. 19-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.
  12. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt.
  13. „The Minister“. 6-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  14. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt.
  15. „The Minister“. 6-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  16. „Minister of Foreign Affairs - Maltese Consulate“. 19-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.
  17. „Minister of Foreign Affairs - Maltese Consulate“. 19-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.
  18. „The Minister“. 6-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  19. „Supporters“ (en-US). Campaign for a UN Parliamentary Assembly. Qaraldi: 21-sentabr 2017-yil.
  20. „Who is George Vella? This Maltese politician may be Malta's next President“ (en). www.guidememalta.com. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  21. Amaira, Ruth. „PN Parliamentary Group to vote in favor of nomination of George Vella for President“. TVM News (7-mart 2019-yil). Qaraldi: 28-mart 2019-yil.
  22. „Maltese parliament approves George Vella as president - Xinhua | English.news.cn“. www.xinhuanet.com. 3-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  23. „PD to boycott parliamentary debate on presidential nomination“. Times of Malta (2-aprel 2019-yil). Qaraldi: 2-aprel 2019-yil.
  24. „MPs to vote on George Vella for president on April 2“. Times of Malta (13-mart 2019-yil). Qaraldi: 28-mart 2019-yil.
  25. Scicluna, Christopher. „President Vella delivers unifying address after swearing-in“. Times of Malta (4-aprel 2019-yil). Qaraldi: 5-aprel 2019-yil.
  26. „Watch - Updated: George Vella sworn in as Malta's 10th President of the Republic - The Malta Independent“. www.independent.com.mt. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  27. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt.
  28. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt.
  29. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“ (PDF). newsbook.com.mt.
  30. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“ (PDF). newsbook.com.mt.
  31. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“. newsbook.com.mt. „Dr.GEORGE W.VELLA MD.,Cert. GAM (UK), KOM., KCMG“ (PDF). newsbook.com.mt.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • George William Vella Tashqi ishlar vazirligidagi rasmiy sahifasi (Malta)